Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

 


13 
5.5. 
Hisob va vaqt namoyish etiladigan katta ekranda O‘zPFL homiylarining 
tovar belgisi namoyish etilishi ta’minlanishi kerak. 
5.6. 
Uchrashuv o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha bosma materiallarda, shu 
jumladan, ommaviy axborot vositalari, chiptalar, axborotnomalar, afisha va veb-
saytlarda rasmiy homiylarga tegishli axborot joylashtirilishi shart. 
5.7. 
Mavsum startidan oldin klub o‘zi hamkorlik qilayotgan va istiqbolli 
homiylar haqidagi ma’lumotlarni (kompaniyaning yuridik nomi, ishlab chiqarish 
sohasi, asosiy faoliyati) O‘zPFLga taqdim etishi shart. 
5.8.
Uchrashuvlar vaqtida stadion hududidan joy oladigan homiylar 
haqidagi har qanday reklama-axborot tusiga ega material O‘zPFL marketing bo‘limi 
bilan rasmiy kelishilgan bo‘lishi lozim. 
5.9.
Musobaqa titul homiysi eksklyuziv huquqlarga ega bo‘lib, O‘zPFL titul 
homiy talabiga ko‘ra mazkur tashkilotga raqobatdosh bo‘lgan boshqa tashkilotlar 
bilan bog‘liq reklamalarni teletranslyatsiyalar vaqtida hamda maydon perimetri 
bo‘ylab ko‘rsatishni taqiqlash huquqiga ega.
5.10. 
Reglamentning marketing sohasi va tegishli marketing huquqlarini 
amalga oshirish bilan bog‘liq biror-bir bandiga rioya qilmagan klubga nisbatan 
moliyaviy intizomiy choralar ko‘riladi. 
5.11.
O‘zPFL homiylari musobaqalarga homiylik qilish bo‘yicha qo‘ygan 
shartlar O‘zPFLning “Tijorat Reglamenti” asosida tartibga solinadi.
6-bob. 
Merchendayzing
 
6.1.
Futbol klublari merchendayzing mahsulotlari (klubning ramzlari 
tushirilgan suvenir mahsulotlari)ni ishlab chiqarish huquqiga ega. Agar mahsulotni 
bevosita ishlab chiqarish oldidan unda O‘zPFL logotipi yoki homiylariga tegishli 
joylar bo‘lsa, aksessuarlar eskizi va dizayni O‘zPFL marketing bo‘limiga tasdiqlash 
uchun taqdim etilishi lozim. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə