Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Musobaqada ishtirok etish shartlari



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

8-bob. 
Musobaqada ishtirok etish shartlari 
8.1.
Musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalarning Musobaqaga qo‘shilishi 
yoki undan chiqib ketishi masalasi o‘tgan mavsum musobaqalari natijasiga ko‘ra 
aniqlanadi. Biroq klub Musobaqada qaysi o‘rinni egallashidan qat’i nazar agar u 
litsenziyalash talablarini bajara olmasa, O‘FA Litsenziyalash qo‘mitasi litsenziyalash 
tahlillari asosida o‘z xulosasini taqdim etishi hamda mazkur xulosa asosida klubni 
O‘zPFL ishtirokchilari safidan chiqarib tashlashni talab qilish huquqiga ega.
8.2. 
Musobaqa ishtirokchilari 2022-yilgi mavsumda ishtirok etishlari uchun 
2021 yilning 31 iyuliga qadar “Litsenziyalash Reglamenti” talablarini bajarishlari 
shart.
8.3.
“Litsenziyalash Reglamenti”ga ko‘ra talab qilingan U-21, U-18, U-16, U-
14, U-10 jamoalari (“Litsenziyalash Reglamenti”ga asosan), shuningdek, O‘FA 
qaroriga asosan futzal, ayollar hamda ayollarning U-16 jamoalarini tashkil 
(“Litsenziyalash Reglamenti” va O‘FA Ijroqo‘mi Byurosi qaroriga asosan) qilmagan 
yoki ularning musobaqalardagi ishtirokini ta’minlay olmagan klub 2022-yilgi 
mavsum uchun klublarni litsenziyalashdan o‘tkazish talablaridan o‘ta olmagan 
hisoblanadi. Mazkur jamoalarning 2022-yilgi Musobaqada ishtirok etishi masalasi 
O‘FA tomonidan ko‘rib chiqiladi.
8.4.
Superliga va Pro liga klublarining U-18 jamoalari U-18 chempionatida 
ishtirok etishlari shart. 
8.5.
Mavsum natijalariga ko‘ra yuqoriroq ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga 
kiritgan klub ushbu huquqdan voz kechsa yoki unda mazkur ligada ishtirok etish 
uchun Reglament asosida to‘siq bo‘lsa, uning o‘rni mavsum yakuniga ko‘ra keyingi 
o‘rinni egallagan boshqa klub bilan to‘ldiriladi. Bunda yangi qo‘shilayotgan klub 
litsenziyalash talablariga javob berishi shart.
8.6.
O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalariga uch va undan ko‘p 
futbolchisini bergan klublar chempionat va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari 
sanasini boshqa kunga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishga haqlidir.
8.7.
OFK o‘z musobaqalari sanasini ko‘chirgan taqdirida mazkur 
musobaqada ishtirok etayotgan klublar ham O‘zbekiston chempionati va 
O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari sanasini ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishi 
mumkin.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə