Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

8.16.
U-21 jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar o‘tadigan stadion maysasi 
“Stadionlar to‘g‘risidagi nizom” talablariga javob berishi shart.
8.17.
Klub va shu klub qoshidagi farm-klub qayd etgan natijasidan qat’i nazar 
bir ligada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9-bob. 
Musobaqalar hujjatlari va ularni rasmiylashtirish tartibi
9.1.
O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi klub dastlab shartli ravishda 
litsenziyalash (Superliga va Pro liga klublari) va monitoring (Birinchi liga klublari) 
jarayonidan o‘tishi lozim.
9.2.
Ariza hujjatlarini rasmiylashtirish O‘zPFL tomonidan belgilangan 
jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Ariza hujjatlarini rasmiylashtirish muddatlariga 
amal qilmaganlik uchun O‘FAning “Intizom kodeksi”ga muvofiq jarima solinadi. 
Qayta ariza berishga jarima to‘langanidan keyingina ruxsat beriladi. 
9.3.
Klubning O‘zPFL bilan bog‘liq hujjatlarini rasmiylashtirish huquqi klub 
rahbariyati tomonidan vakolatli shaxslarga (sport direktori, texnik direktor yoki 
litsenziyalash menejeri) beriladi. 
9.4.
Superliga va Pro liga klublari O‘zPFLning onlayn ro‘yxatga olish tizimi 
orqali shartli ravishda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Bunda ro‘yxatga olish uchun 
taqdim etilgan hujjatlar (hujjatlar ro‘yxati klublarga elektron shaklda yuboriladi) 
keyinchalik O‘zPFLga taqdim etiladigan asl nusxasi bilan mos kelishi shart. Onlayn 
ro‘yxatdan o‘tkazilmagan klub rasmiylari uchun litsenziya taqdim etilmaydi.
9.5. 
Musobaqalarda ishtirok etish huquqini beruvchi litsenziya hujjatlari 
rasmiylashtirilganidan so‘ng (talab etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan hamda 
klub rasmiylari elektron bazaga kiritilgach) litsenziyalar klubning vakolatli vakiliga 
uning imzosi bilan tasdiqlangan shaxsiy mas’uliyati ostida taqdim etiladi. 
9.6. “
Litsenziyalash Reglamenti”ga asosan klub o‘z rahbariyati tarkibini 
O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazish shart (bosh direktor, sport direktori, texnik direktor, 
xavfsizlik bo‘yicha ofitser, matbuot kotibi, bosh murabbiy, katta murabbiy
yordamchi murabbiy, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy, darvozabonlar 
murabbiyi, tahlilchi, ma’mur, shifokor, massajchi, fizioterapevt). Klubning qaysi 
ligada ishtirok etishiga qarab, uning O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tishi shart bo‘lgan tarkibi 
“Litsenziyalash Reglamenti”ga asosan tartibga solinadi.


18 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə