Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Xorijlik futbolchilar va mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

11-bob. 
Xorijlik futbolchilar va mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
alohida shartlar 
11.1.
O‘zPFL musobaqalari uchun 5 nafargacha xorijlik futbolchini (keyingi 
o‘rinlarda — legioner) ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki 
hammasi) OFKga a’zo mamlakat fuqarosi bo‘lishi shart (4+1). OFKga a’zo davlatdan 
legioner mavjud bo‘lmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet 
ellik futbolchini kirita olmaydi. 
11.2.
Legioner futbolchi xizmatidan foydalanish uchun yilda bir marta 
legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov amalga oshiriladi. Mazkur 
to‘lov futbolchini mavsum uchun birinchi bor ro‘yxatdan o‘tkazgan klub tomonidan 
to‘lab beriladi.
11.3. 
Pro liga klubining legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun 
to‘lovi Superliga klublariga belgilangan to‘lov miqdorining teng yarmini tashkil 
qiladi.
11.4.
Ayol legioner futbolchilarni hamda Birinchi liga klublari uchun legioner 
futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov talab etilmaydi.
11.5.
Agar Pro liga klubi safida ro‘yxatdan o‘tgan legioner futbolchi transfer 
oynasida Superliga klubi tarkibida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilsa, shu bobning 11.2-
bandidan istisno tariqasida mazkur legioner uchun to‘lov yangi klub tomonidan 
Superliga klublari uchun belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha 
amalga oshiriladi.
Birinchi liga klubi safidan ro‘yxatdan o‘tgan legioner futbolchi transfer 
oynasida Superliga yoki Pro liga klubi tarkibida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilsa, yangi 
klub mazkur legionerni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘zi ishtirok etadigan ligaga 
belgilangan to‘lovni amalga oshirishi kerak.
11.6.
Agar legioner futbolchi uzluksiz ketma-ket to‘rt mavsumni O‘zbekiston 
klublarida o‘tkazgan bo‘lsa va 2021-yilgi mavsum tartib bo‘yicha uning ketma-ket 
beshinchi mavsumi bo‘lsa, mazkur legioner uchun to‘lov amalga oshirilmaydi. 
11.7.
Agar legioner futbolchi bir klub safida ketma-ket ikkinchi mavsum 
uchun ham ro‘yxatdan o‘tkazilsa, mazkur futbolchi uchun belgilangan to‘lov 50 
foizga qisqartiriladi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə