Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Futbolchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

10-bob. 
Futbolchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish 
tartibi 
 
10.1.
Futbolchilarni musobaqalarga ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yilning 4-
yanvaridan 2021-yilning 12-mart kuniga qadar davom etadi. Yozgi transfer oynasi 
esa 2021-yilning 5-iyulidan shu yilning 31-iyuliga qadar ochiq bo‘ladi.
10.2.
Futbol klubi futbolchi bilan yilning istalgan davrida shartnoma tuzish 
huquqiga ega. Mazkur shartnoma imzolangan kunidan boshlab 1 oy ichida O‘zPFL 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. 
10.3.
Futbolchini musobaqada ishtirok etishi uchun qo‘shimcha ariza bilan 
ro‘yxatga qo‘shish mumkin. Talab etiladigan hujjatlar:

o‘tishi va shartnomasini tasdiqlovchi ilova; 

transfer shartnomasi (yoki ijara shartnomasi);

futbolchi uchun mashg‘ulot kompensatsiyasi to‘langanligini dalillovchi 
ma’lumotnoma.
10.4. 
Klub o‘z rasmiysini istalgan vaqtda O‘zPFL ro‘yxatidan chiqarishi 
mumkin. Bunday holatda klub O‘zPFLni yozma ravishda ogohlantirishi va uch kun 
muddat ichida ozod etilgan shaxs litsenziyasini O‘zPFLga topshirishi lozim.
10.5.
Musobaqa ishtirokchilari yozgi transfer oynasida 10 nafardan ortiq 
bo‘lmagan futbolchilarni qo‘shimcha ariza bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi 
mumkin. 
10.6.
Futbol klublari o‘zlariga qarashli bo‘lgan futbol akademiyasi/maktabi 
yoki shu klubiga biriktirilgan FMM, BO‘FM tarbiyalanuvchilarini (2003 va undan 
keyin tug‘ilgan) chegaralanmagan miqdorda yilning istalgan davrida O‘zPFL 
ro‘yxatidan o‘tkazishlari mumkin.
10.7.
Futbol akademiyasi/maktabi, FMM, BO‘FM va BO‘SM tarbiyalanuvchisi 
o‘z yosh toifasidagi musobaqalarda ishtirok etish uchun boshqa klubga qarashli 
akademiya/maktab, FMM, BO‘FM va BO‘SM tarkibida 2021-yilning 15-sentabriga 
qadar ro‘yxatdan o‘tishi shart. 
10.8.
Klub o‘z akademiyasi/maktabi tarbiyalanuvchisini musobaqalar uchun 
futbolchilar soniga nisbatan belgilangan cheklovga qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan 
o‘tkazishi mumkin. Biroq boshqa akademiya/maktab tarbiyalanuvchisi yoki 2003-
yildan katta futbolchini ro‘yxatga qo‘shishda futbolchilar soniga nisbatan 
belgilangan cheklov chegarasidan chiqmasligi kerak.
10.9.
Yangi mavsum uchun hujjatlar rasmiylashtirib bo‘lingach, klub 7 kun 
ichida o‘z vakillari mehnat shartnomalarini olganliklari yuzasidan ma’lumotnomani 
elektron ko‘rinishda taqdim etishi kerak. Ma’lumotnoma shartnoma tuzilgan har 
bir shaxs tomonidan alohida imzolangan bo‘lishi shart. 
10.10. 
Musobaqalarda qatnashish uchun badal to‘lamagan, shuningdek
jarima sanksiyalari va boshqa qarzdorligi mavjud klublarga ariza hujjatlarini 
rasmiylashtirish uchun ruxsat berilmaydi. 


19 
10.11.
Futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi borasidagi ma’lumotnoma 
taqdim etilmaguniga qadar, u bilan tuzilgan shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
10.12.
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mehnat shartnomasi bilan bog‘liq nizolar 
O‘FA qoshida tashkil etiladigan Nizolarni hal etish palatasida ko‘rib chiqiladi. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə