Professional futbol ligasi tomonidan


Musobaqalarda faoliyat olib boruvchi rasmiy shaxslar xizmati uchun  to‘lovlar O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.  7.7



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

7.6.
Musobaqalarda faoliyat olib boruvchi rasmiy shaxslar xizmati uchun 
to‘lovlar O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 
7.7.
O‘zPFL qatnashchilik badali hisobidan Musobaqalarni o‘tkazish 
bo‘yicha barcha sarf-xarajatlar hamda tashkilot faoliyati bilan bog‘liq boshqa 
xarajatlarni qoplaydi. Mavsum yakunida O‘zPFL o‘z a’zolariga xarajatlar yuzasidan 
moliyaviy hisobot taqdim etadi. 
7.8.
Superkubok, shuningdek, O‘zbekiston kubogi va Liga kubogi 
musobaqalarining final uchrashuvlarida faoliyat olib boruvchi rasmiylar uchun ikki 
tomonlama yo‘lkira, yashash va ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zPFL 
hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur uchrashuvlarda faoliyat olib borgan rasmiylar 
uchun xizmat to‘lovlari Superliga uchrashuvlari uchun belgilangan to‘lovlar 
miqdorida amalga oshiriladi.
Shuningdek, Musobaqa markazlashgan holatda o‘tkazilgan taqdirda 
uchrashuvlarida faoliyat olib boruvchi rasmiylar uchun ikki tomonlama yo‘lkira, 
yashash va ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar ham O‘zPFL hisobidan amalga 
oshiriladi.
7.9.
Liga kubogi musobaqasini tashkillashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-
xarajatlar alohida Nizom orqali tartibga solinadi. 
7.10.
Badal to‘lovini, jarimalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, legioner 
futbolchi va xorijiy mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun belgilangan 
to‘lovlarni to‘lamagan yoki belgilangan muddatda to‘liq to‘lamagan klub O‘zPFL 
taqdimnomasiga ko‘ra musobaqalardan chetlashtirilishi mumkin.
7.11.
Mezbon jamoa mehmon jamoaning rasmiy murojaatiga asosan kamida 
200 ta bepul chipta ajratishi shart.
7.12.
Litsenziyalash Reglamenti talablariga ko‘ra, klublar yilda ikki marta 
O‘zPFL tomonidan jalb etilgan auditorlar tomonidan audit tekshiruvidan o‘tkaziladi. 
Audit xizmati uchun to‘lov klub tomonidan qoplanadi.


15 
7.13.
Klublar har chorakda keyingi oyning 25-sanasiga qadar moliyaviy 
hisobotni (buxgalteriya balansi, 1-shakl) hamda moliyaviy natijalar haqidagi 
hisobotni (2-shakl, sarf-xarajatlar va daromadlar tavsifi) O‘zPFLga taqdim etishi 
lozim. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə