Professional futbol ligasi tomonidan


  Musobaqalar ishtirokchilari yangi mavsum oldidan o‘z madhiyasi va  ramziga (maskot) ega bo‘lishi tavsiya etiladi.  6.3



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

6.2. 
Musobaqalar ishtirokchilari yangi mavsum oldidan o‘z madhiyasi va 
ramziga (maskot) ega bo‘lishi tavsiya etiladi. 
6.3. 
Futbol klubidan futbol mavsumi boshlangunga qadar o‘z stadionida 
klub atributlari sotiladigan savdo shaxobchasini tashkil etishi shart.
7-bob. 
Futbol klublarining musobaqalarda ishtirok etishi uchun moliyaviy 
shartlar 
7.1.
Futbol klublari O‘zPFL musobaqalarida qatnashish uchun belgilangan 
miqdorda qatnashchilik badal pulini (keyingi o‘rinlarda – badal) to‘lab berishi kerak. 
Qatnashchilik badali miqdori O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
O‘zPFLning ayollar futbolini rivojlantirish dasturi asosida ayollar jamoalari 
barcha musobaqalar uchun qatnashchilik badali to‘lovidan ozod etiladi.


14 
7.2. 
Musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublari uchrashuvlarni tashkil 
etish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. 
7.3.
Mezbon klublar musobaqalarda faoliyat olib boruvchi hakamlar 
brigadasi, nazoratchilar hamda komissarlar uchun ikki tomonlama yo‘lkira, yashash 
va ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar to‘lovini o‘z zimmasiga oladi. Mazkur to‘lovlar 
o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
7.4. 
Agar klub musobaqa ishtirokchilari tarkibidan chiqarilgan bo‘lsa, u 
tomonidan avval amalga oshirilgan badal to‘lovlari qaytarilmaydi. Shuningdek
ishtirokchilar tarkibidan chiqarilgan klubning badal pulidan qolgan qarzdorligi to‘liq 
to‘lab berilmagunicha, mazkur klub O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan tashkil 
etiladigan musobaqalarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.5.
O‘zPFL o‘zi tashkil etayotgan musobaqalarda faoliyat olib boruvchi 
barcha hakamlar, nazoratchilar hamda komissarlar xizmati uchun to‘lovlarni 
zimmasiga oladi hamda naqdsiz to‘lov orqali amalga oshiradi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə