Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  O‘zPFL komissarining Musobaqalardagi faoliyati



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

13-bob. 
O‘zPFL komissarining Musobaqalardagi faoliyati 
13.1. 
Uchrashuvni tashkil etish va o‘tkazishni nazorat qilish uchun O‘zPFL 
komissari tayinlanadi. 
13.2.
Uchrashuvni boshlash yoki uni o‘tkazmaslik masalasi bevosita O‘zPFL 
komissari tomonidan hal qilinadi.
13.3. 
O‘zPFL komissarlari ro‘yxati maxsus o‘quv-seminarida ishtirok etib
uning yakuniga ko‘ra tavsiya etilgan O‘FA, O‘zPFL hamda O‘zPFLning hududiy 
vakillari orasidan shakllantiriladi hamda O‘zPFL bosh direktori tomonidan 
tasdiqlanadi.
13.4. 
O‘zPFL komissarini uchrashuvga tayinlash O‘zPFL bosh direktori 
tomonidan amalga oshiriladi. 
13.5.
O‘zPFL komissari Musobaqa startidan 60 daqiqa avval zaxira hakami va 
klub rasmiysi bilan birgalikda uchrashuv qaydnomasiga futbolchilarning ismi-
familiyasi, ampluasi va raqamlarini (o‘sish tartibida), shuningdek, rasmiy shaxslarni 
lavozimini ko‘rsatgan holda kiritishi kerak.
13.6. 
O‘zPFL komissari uchrashuvni mazkur Reglamentga muvofiq tashkil 
etish, xavfsiz o‘tkazilishini nazorat qilish, xuquq-tartibot organlari, stadion va 
klublar rasmiylari, futbolchilar, tomoshabinlar harakatlarini baholash uchun mas’ul 
hisoblanadi. 
13.7.
O‘zPFL komissari uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish borasida 
bahsli masalalar yuzaga kelgan hollarda xal etuvchi ovozga ega. 
13.8.
Nazoratchi va hakamlar brigadasi O‘zPFL komissariga bo‘ysunadi. 
13.9. 
O‘zPFL komissarlari “Futbol yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha 
deklaratsiya”ni imzolaganidan keyingina Musobaqaga qo‘yiladi. 
13.10.
O‘zPFL komissari bilan bog‘liq majburiyatlar va komissarlikka oid 
vakolatlar “Komissar yo‘riqnomasi”da aks etadi.
14-bob. 
Musobaqalarda hakamlik qilish 


22 
14.1. 
Hakamlik mazkur Reglament, “Futbol o‘yini qoidalari” (2020/2021-
yillarda chiqarilgan), shuningdek, IFAB tomonidan qabul qilingan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar asosida amalga oshiriladi. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə