Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Hakamlar qaroriga shikoyat yoki e’tiroz berish tartibi



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

16-bob. 
Hakamlar qaroriga shikoyat yoki e’tiroz berish tartibi 
16.1. 
Hakamlarning qarorlari bo‘yicha shikoyat yoki e’tiroz mazkur 
Reglamentga muvofiq beriladi va ko‘rib chiqiladi. 
16.2.
Agar hakamlikning sifatiga nisbatan jamoalarning birida e’tirozlar 
mavjud bo‘lsa, bosh murabbiy yoki sport direktori uchrashuv yakuniga yetganidan 
keyingi 30 daqiqa ichida bu haqda uchrashuv komissariga ma’lum qilishi zarur. 
Hakamlik sifati bo‘yicha e’tirozlar O‘zPFL komissari tomonidan uchrashuv 
qaydnomasida qayd etiladi va jamoa vakili tomonidan imzolanadi. Shundan so‘ng 
24 soat ichida ko‘rsatilgan uchrashuvning videoyozuvi (uchrashuvdagi aniq 
holatlarning daqiqalari keltirilgan vaziyatning qisqacha ta’rifi) O‘zPFLga taqdim 
etiladi. Bunda hakamning mazkur Reglament va “O‘yin qoidalari” talablaridan kelib 
chiqqan harakat yoki harakatsizlikka nisbatan e’tiroz beriladi. Uchrashuv 
qaydnomasi O‘zPFL komissari, nazoratchi va bosh hakam tomonidan imzolab 
bo‘lingach, shikoyat va e’tirozlar qabul qilinmaydi.
16.3. 
Quyidagilar ko‘rib chiqilmaydi: 

belgilangan muddatda kiritilmagan shikoyat yoki e’tirozlar; 

uchrashuv qaydnomasida qayd etilmagan shikoyat yoki e’tiroz; 

48 soat davomida klub shikoyat yoki e’tiroz uchun pullik to‘lovni amalga 
oshirmagan shikoyat yoki e’tiroz. 
16.4.
Shikoyat yoki e’tiroz mazmunida uni kiritish uchun asos bo‘lgan 
sabablar, shuningdek, Reglamentning buzilishi va/yoki futbol o‘yini qoidalariga 
rioya qilmaslik bilan bog‘liq tafsilotlar keltirilishi lozim.
16.5.
Uchrashuv o‘tkazishni tashkil etish bilan bog‘liq shikoyat yoki e’tiroz 
O‘zPFL komissariga uchrashuv boshlanishidan kamida 60 daqiqa oldin yozma 
ravishda taqdim etiladi hamda O‘zPFL komissari mazkur e’tiroznomani uchrashuv 


25 
bildirgisiga ilova qiladi. O‘yin holati bo‘yicha e’tiroz esa komissar tomonidan 
uchrashuv qaydnomasiga yoziladi.
16.6. 
Uchrashuv o‘tkazishni tashkil etish bilan bog‘liq shikoyat yoki e’tiroz 
keltirilgani haqida raqib jamoa/stadion rasmiysi ogohlantirilishi va shikoyatning bir 
nusxasi unga taqdim etilishi kerak.
16.7.
Uchrashuv bilan bog‘liq shikoyat yoki e’tirozlarni ko‘rib chiqish uchun 
shikoyat beruvchi tomonidan quyida keltirilgan miqdorda pullik to‘lov O‘zPFL hisob-
raqamiga kelib tushganidan so‘ng, O‘zPFL shikoyat yoki e’tirozni tegishli 
qo‘mitasida ko‘rib chiqish uchun O‘FAga oshiradi. Shikoyat yoki e’tiroz mazkur 
shikoyat uchun to‘lov amalga oshganidan keyingi 7 kun muddat ichida ko‘rib 
chiqiladi. Uchrashuv bilan bog‘liq shikoyat yoki e’tirozlarni ko‘rib chiqish uchun 
to‘lovlar: 

Superliga, Pro liga, O‘zbekiston kubogi, Liga kubogi, Superkubok uchun — 5 
000 000 so‘m (besh million);

Birinchi liga, U-21, U-18, ayollar chempionati va kubogi uchun — 3 000 000 
so‘m (uch million). 
16.8. 
Shikoyat yoki e’tiroz mazmuni uchrashuv videoyozuvi va qaydnomasi, 
shuningdek, O‘zPFL komissari, hakamlar va nazoratchi bildirgisida aks etgan 
ma’lumotlar bilan asoslanishi kerak. 
16.9.
Shikoyat yoki e’tirozlarni ko‘rib chiqish uchun amalga oshirilgan pullik 
to‘lovning qaytarilishiga shikoyat yoki e’tirozning qanoatlantirilishi, shikoyat yoki 
e’tirozda keltirilgan tafsilotlarning asoslangan va mazkur Reglamentga zid 
ekanligining tan olinishi asos bo‘ladi.
16.10.
Klub o‘z shikoyat yoki e’tirozi ko‘rib chiqilishi uchun to‘lovni 
uchrashuvdan keyingi ikki bank ish kuni ichida amalga oshirmasa va bu vaqtda 
shikoyat yoki e’tiroz qaytarib ham olinmagan bo‘lsa, mazkur klub shu bobning 16.7-
bandida ko‘rsatilgan to‘lov miqdorining teng yarmini jarima sifatida to‘lab beradi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə