Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

21.5. Birinchi liga. 
Birinchi liga musobaqasi formati ishtirokchi klublar soni aniq bo‘lgach, 
mazkur Reglamentning shu bandiga kiritilgan o‘zgartirish asosida tartibga solinadi. 
21.6. Ayollar Oliy ligasi:
10 ta jamoa ikki bosqich o‘yinlarida ishtirok etadi:

birinchi bosqich uy-safar tizimida jami 18 ta turni tashkil etadi. Bunda har bir 
jamoa 9 ta uy va 9 ta safar uchrashuvida ishtirok etadi; 

ikkinchi bosqichda birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, 1–5 o‘rindagi jamoalar 
o‘zaro va 6-10 o‘rindagi jamoalar o‘zaro bir davra davomida kurash olib 
boradi. Jamoalarning o‘yinlarni uy yoki safarda o‘tkazishi berger jadvali 
asosidagi qur’a bilan aniqlab olinadi. Yakunda ayollar Oliy ligasining barcha 
ishtirokchilari umumiy 22 uchrashuvda maydonga tushadi (23 ta tur); 

Oliy ligada 10-o‘rinni egallagan klub 2022-yilni Birinchi ligada o‘tkazadi. 
21.7. Ayollar Birinchi ligasi. 
5 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa markazlashgan holda o‘tadi va u 5 
turdan iborat bo‘ladi. Bunda har bir ishtirokchi jamoa musobaqaning bitta 
markazlashgan turiga mezbonlik qiladi. Musobaqa yakuniga qadar har bir klub jami 
8 tadan uchrashuvda maydonga tushadi. Bunda: 

turlarda barcha tashkiliy ishlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar mezbon jamoa 
zimmasiga yuklanadi;

Birinchi ligada 1-o‘rinni egallagan klub 2022-yilni Oliy ligada o‘tkazadi. 
21.8. U-16 chempionati (ayollar):
22 ta jamoa ikki bosqich o‘yinlarida ishtirok etadi: 

birinchi bosqich 5 ta mintaqaga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Bunda jamoalar 
o‘zaro ikki martadan uy-safar tizimida bahs olib boradi. Har bir guruhdan eng 


35 
yaxshi natija ko‘rsatgan 2 tadan jamoa – jami 10 ta jamoa ikkinchi bosqichga 
yo‘l oladi;

ikkinchi bosqichda 10 ta jamoa qur’a tashlash yo‘li bilan ikki guruhga 
bo‘linadi. Guruhlardagi 5 tadan jamoa markazlashgan musobaqada o‘zaro bir 
martadan – jami 5 ta o‘yinda maydonga tushadi. Guruhda egallagan o‘rniga 
ko‘ra jamoa ikkinchi guruhning shu o‘rnini egallagan jamoaga qarshi bitta 
o‘yinda ishtirok etadi. Ya’ni, guruhlar g‘oliblari 1–2 o‘rinlarni aniqlash uchun, 
guruhlarda ikkinchi bo‘lgan jamoalar 3–4 o‘rinlarni aniqlash uchun va shu 
ketma-ketlikda keyingi o‘rinlardagi jamoalar 5–10 o‘rinlarni aniqlash uchun 
o‘zaro uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə