Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Musobaqa g‘oliblarini aniqlash



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

23-bob. 
Musobaqa g‘oliblarini aniqlash 
23.1. 
Jamoalarning musobaqadagi o‘rinlari to‘plangan ochkolar yig‘indisiga 
ko‘ra aniqlanadi. Uchrashuvdagi g‘alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko, 
mag‘lubiyat uchun 0 ochko yoziladi. 
23.2. 
Ikkita va undan ko‘p jamoalar to‘plagan ochkolar teng bo‘lib qolsa, 
jamoalarning o‘rni quyidagicha aniqlanadi:

o‘zaro uchrashuv(lar) natijasiga ko‘ra (olingan ochkolar, urilgan va o‘tkazib 
yuborilgan to‘plar farqi, urilgan to‘plar, raqib maydonida urilgan to‘plar 
nisbati);

yuzma-yuz uchrashuv(lar)da texnik mag‘lubiyatga uchragan jamoa(lar) eng 
quyi o‘rinni egallaydi; 

barcha uchrashuvlarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatiga ko‘ra;

barcha uchrashuvlarda kiritilgan gollar soniga ko‘ra;

barcha uchrashuvlarda erishilgan g‘alabalar soniga ko‘ra; 

safar o‘yinlarida erishilgan g‘alabalar soniga ko‘ra; 

barcha uchrashuvlarda raqiblar maydonida urilgan to‘plarning soniga ko‘ra; 

mazkur ko‘rsatkichlarning hammasi teng bo‘lsa, klublarning U-21 jamoalari 
natijasiga e’tibor qaratiladi. Agar vaziyat chempionni yoki OFK Chempionlar 
ligasida ishtirok etish huquqini beradigan o‘rinlarni aniqlab beradigan bo‘lsa, 
betaraf maydonda “oltin” uchrashuv o‘tkaziladi. 
23.3.
Musobaqa ishtirokchilari uchun O‘zPFL matbuot xizmati tomonidan 
tarqatiladigan materiallar musobaqalarning davom etishi va natijalarini aks 
ettiradigan rasmiy ma’lumot hisoblanadi. 
24-bob. 
Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash 
24.1. 
O‘zbekiston Superkubogida g‘olib bo‘lgan klublarga Superkubok 
topshiriladi. 
24.2.
O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘lgan klublarga maxsus O‘zbekiston 
kubogi topshiriladi.
24.3.
O‘zbekiston Liga kubogida g‘olib bo‘lgan klubga Liga kubogining maxsus 
sovrini topshiriladi. 
24.4.
Final uchrashuvlarida ishlagan hakamlar brigadasi O‘zPFL maxsus 
nishoni bilan taqdirlanadi. 


38 
24.5.
O‘zbekiston Superligasida 1-o‘rinni egallagan klubga O‘zbekiston 
chempioni uchun atalgan kubok hamda 50 dona “oltin” medallar taqdim etiladi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə