Professional futbol ligasi tomonidan


O‘zPFL Superliga, Pro liga, O‘zbekiston kubogi uchun jamoalar  liboslarining rangini belgilaydi.  19.7



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

19.6.
O‘zPFL Superliga, Pro liga, O‘zbekiston kubogi uchun jamoalar 
liboslarining rangini belgilaydi. 
19.7. 
Darvozabon libosi ikkala jamoa futbolchilari va hakamlar libosidan 
farqlanishi lozim.
20-bob. 
Futbol klublarining OAV bilan ishlashiga oid talablar 
 
20.1. 
O‘zPFL bosh axborot hamkorini belgilash huquqiga ega.
20.2. 
Futbol klubi o‘z rasmiy saytiga ega bo‘lishi shart. 
20.3.
Matbuot xizmati boshqa klub, shuningdek, O‘zPFLga aloqador 
ma’lumotni ruxsatsiz chop etishga haqli emas. Ushbu talabga rioya etmaslik 
intizomiy sanksiya qo‘llanilishiga asos bo‘ladi.
20.4.
Klublar matbuot xizmati o‘z uyida o‘tkazilgan uchrashuvlardan
fotosuratlarni O‘zPFL matbuot xizmati talabiga ko‘ra taqdim etishi lozim. 


33 
20.5.
Darvozalar chizig‘i ortida faqat akkreditatsiyadan o‘tgan, maxsus 
nimcha kiygan tele va fotomuxbirlar turishiga ruxsat beriladi. Ularning uchrashuv 
davomida harakatlanishi taqiqlanadi. 
20.6.
Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari uchrashuvdan keyingi 
matbuot anjumanida ishtirok etishlari shart. Uchrashuv tugaganidan keyin 15 
daqiqa oralig‘ida mag‘lub bo‘lgan yoki mehmon jamoa birinchi bo‘lib matbuot 
anjumaniga taklif etiladi.
20.7.
Futbolchi va murabbiylar uchrashuvdan oldin va keyin bo‘ladigan flesh-
intervyuda ishtirok etishi shart. Translyatsiya huquqini qo‘lga kiritgan kompaniya 
uchun flesh-intervyu berishdan bosh tortgan futbolchi yoki murabbiy klubiga 
nisbatan jarima qo‘llaniladi. 
20.8. 
Klub matbuot xizmati uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanlarini 
o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
20.9.
Matbuot xizmati vakili jamoa ishtirokidagi safar uchrashuvlariga 
borishi va matbuot anjumanlarida qatnashishi shart.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə