Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

 
22-bob. 
Kubok musobaqalarini o‘tkazish formati 
22.1. O‘zbekiston kubogi. 
O‘zbekiston kubogi musobaqasida Superliga va Pro liga klublari ishtirok etadi. 
Birinchi liga jamoalari mazkur musobaqaga saralash uchrashuvlari orqali qo‘shiladi. 
Superliga yoki Pro liga klublari qoshida tashkil etilgan farm-klublar O‘zbekiston 
kubogi musobaqasida ishtirok eta olmaydi. Bunda: 

Musobaqaning guruh bosqichida 24 jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 6 guruhga 
ajratiladi va guruhlarning har biri 4 jamoadan tashkil topadi; 

Musobaqaning barcha uchrashuvlari faqatgina bir marta o‘tkaziladi. Guruh 
bosqichi o‘yinlari 45 daqiqadan ikki taymdan iborat bo‘ladi. Saralash va guruh 
bosqichidan keyingi pley-off o‘yinlarida g‘olibni dastlabki 90 daqiqa ichida 
aniqlashning imkoni bo‘lmasa, har biri 15 daqiqadan iborat ikki qo‘shimcha 
taymlar belgilanadi. Shunda ham g‘olib aniqlanmasa, navbat “Futbol 
qoidalari–2020/21” asosida penaltilar seriyasiga beriladi; 

Superliga va Pro liga klublari Musobaqaning guruh bosqichiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Osiyo Chempionlar ligasining guruh 
bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan klublar esa ishtirokini 
musobaqaning 1/8 final bosqichidan boshlaydi; 

xalqaro maydonda to‘p suradigan hamda Superliga va Pro liganing 
O‘zbekiston kubogida ishtirok eta olmaydigan jamoalarining umumiy 
sonidan kelib chiqib, Birinchi liga klublari ishtirokida o‘tkaziladigan saralash 
o‘yinlari orqali Musobaqaning guruh bosqichi ishtirokchilari soni 24 taga 
yetkaziladi;

6 guruh yakunlariga ko‘ra, har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan 
klublar 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi; 

1/8 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan klublar sonidan kelib 
chiqib, guruhlarda 3-o‘rinni egallagan nechta klubning 1/8 finalga yo‘l olishi 
aniqlab olinadi; 


36 

guruhlarda har bir jamoa 3 tadan o‘yinda ishtirok etadi. Guruh o‘yinlari 
yakuniga ko‘ra turnir jadvali mazkur Reglamentning 23-bobi bilan tartibga 
solinadi;

guruhda mezbon va mehmon maqomini oldindan ko‘rsatilgan format 
bo‘yicha qur’a aniqlab beradi. Qur’a natijasiga ko‘ra, guruhdagi jamoalardan 
ikkitasi ikki uy va bir safar uchrashuvida, yana ikkitasi esa bir uy va ikki safar 
uchrashuvida ishtirok etadi; 

pley-off bosqichi juftliklari qur’a yordamida aniqlanadi. Pley-off 
kombinatsiyasi qur’a oldidan taqdim etiladi va Musobaqa yakuniga qadar 
o‘zgarmaydi; 

O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qilish istagini bildirgan 
stadionlar guruh bosqichiga qur’a tashlangunga qadar alohida ariza bilan 
O‘zPFLga murojaat qilishlari lozim. O‘zbekiston kubogi uchun qur’a marosimi 
oldidan final o‘yini o‘tadigan stadion qur’a orqali aniqlab olinadi; 

O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qilish bo‘yicha arizalar 
kelib tushmasa, final stadioni O‘FA tomonidan aniqlab beriladi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə