Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Liga musobaqalarini o‘tkazish formati



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

21-bob. 
Liga musobaqalarini o‘tkazish formati 
 
21.1. Superliga va U-21 chempionati. 
Superliga va U-21 chempionatlari jami 26 turdan iborat ikki davrali tizimda 
o‘tkaziladi. Bunda har bir klub 13 ta uy va 13 ta safar uchrashuvida ishtirok etadi. 
Bunda:

U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar ishtirokidagi uchrashuvidan 
bir kun oldin o‘tkaziladi;

Superligada 13 va 14-o‘rinni egallagan jamoalar 2022-yilgi mavsumni 
Superligada o‘tkazish imkoniyatini yo‘qotadi va quyi ligaga tushiriladi; 

Superligada 12-o‘rinni egallagan jamoa esa Superligadagi o‘rnini saqlab 
qolish uchun Pro liganing 3-o‘rnidagi jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok 
etadi;

o‘tish o‘yiniga Pro ligada uchinchi bo‘lgan klub maydoni mezbonlik qiladi.
21.2. U-18 chempionati. 
Superliga va Pro liga klublarining U-18 jamoalari U-18 chempionatida 
birgalikda ishtirok etadi. Bunda har bir jamoa bir-biriga qarshi o‘zaro bir martadan 
maydonga tushadi. Chempionatning uy-safar o‘yinlari berger tizimiga ko‘ra 
tashlangan qur’a orqali aniqlanadi.
21.3. U-16 va U-14 chempionatlari. 
Mazkur yoshdagi jamoalar ishtirokidagi chempionat formati ishtirokchi 
jamoalar sonidan kelib chiqib, alohida Nizom bilan tartibga solinadi. 
 
21.4. Pro liga. 
Pro liga jami 28 turdan iborat ikki bosqichli va to‘rt davrali tizimda o‘tkaziladi. 
Birinchi bosqichda 10 ta klub 9 ta uy va 9 ta safar (ikki davra) — jami 18 ta tur 


34 
uchrashuvida maydonga tushadi. 18-turdan keyin jadval teng ikki qismga bo‘linadi. 
Bunda yuqori beshlik Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi hamda 
har bir klub o‘zaro yana 4 ta uy va 4 ta safar (yana ikki davra) — jami 8 ta 
uchrashuvda maydonga tushadi. Quyi beshlik Pro ligadagi o‘rnini saqlab qolish 
uchun kurashni davom ettiradi hamda har bir klub o‘zaro 4 ta uy va 4 ta safar (yana 
ikki davra) — 8 ta uchrashuvda maydonga tushadi. Shunda Pro liganing barcha 
ishtirokchilari umumiy 26 tadan o‘yin o‘tkazadi. Shuningdek:

Pro liga musobaqasi natijasiga ko‘ra 1-2 o‘rinni egallagan jamoalar 
Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi;

Pro ligani so‘nggi o‘rinda yakunlagan jamoa 2022-yilgi mavsumni Pro ligada 
o‘tkazish imkoniyatini yo‘qotadi va quyi ligaga tushiriladi;

Pro ligada 9-o‘rinni egallagan jamoa esa Pro ligadagi o‘rnini saqlab qolish 
uchun Birinchi liganing 2-o‘rindagi jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok 
etadi;

o‘tish o‘yiniga Birinchi ligada ikkinchi bo‘lgan klub maydoni mezbonlik qiladi. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə