Professional futbol ligasi tomonidan


 Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

22.2. Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi. 
O‘zbekiston kubogi musobaqasida Oliy liga hamda Birinchi liganing 15 ta 
jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bunda:

mag‘lub bo‘lgan jamoa musobaqani tark etadi;

kubok bellashuvlari 1/8 finaldan boshlanadi. O‘zbekiston kubogining 
amaldagi sohibi kubok musobaqasiga 1/4 final bosqichidan qo‘shiladi; 

kubok uchrashuvlari faqatgina 1 ta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Mezbon 
jamoalar nomiga qur’a tashlash yo‘li bilan oydinlik kiritib beriladi; 

kubok uchrashuvlarining asosiy vaqti durang bilan yakuniga yetsa, 15 
daqiqadan ikki qo‘shimcha taymlar belgilanadi. Shunda ham g‘olibni 
aniqlashning imkoni bo‘lmasa, navbat penaltilar seriyasiga beriladi.
22.3. O‘zbekiston Superkubogi.
Yangi mavsum avvalida O‘zbekiston chempioni hamda O‘zbekiston kubogi 
sohibi o‘rtasida Superkubok uchrashuvi o‘tkaziladi. Agar bir klub ham 
chempionlikni, ham O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritsa, u holda Superkubok 
uchrashuvida Superliganing (ayollar Oliy ligasining) dastlabki ikki o‘rinni egallagan 
jamoa o‘zaro kurash olib boradi. Bunda: 

Superkubok uchrashuvi neytral maydonda bo‘lib o‘tadi;

Superkubokda mamlakat chempioni avtomatik ravishda mezbon maqomida 
bo‘ladi; 

Superkubok uchrashuvlarining asosiy vaqti durang bilan yakuniga yetsa, 15 
daqiqadan ikki qo‘shimcha taymlar belgilanadi. Shunda ham g‘olibni 
aniqlashning imkoni bo‘lmasa, navbat penaltilar seriyasiga beriladi.
22.4. Liga kubogi. 


37 
Liga kubogi musobaqasi formati ishtirokchi klublar soni aniq bo‘lgach, mazkur 
Reglamentning shu bandiga kiritilgan o‘zgartirish asosida tartibga solinadi.
Liga kubogining o‘tish yoki o‘tmasligi epidemiologik sharoit hamda u keltirib 
chiqarishi mumkin bo‘lgan muammolar o‘rganilganidan keyingina alohida hal 
etiladi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə