Professional futbol ligasi tomonidan


Futbol klublari uchrashuv boshlanishining rasmiy vaqtidan  kamida 90 daqiqa oldin stadionga yetib kelishlari shart.  18.12



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

18.11.
Futbol klublari uchrashuv boshlanishining rasmiy vaqtidan 
kamida 90 daqiqa oldin stadionga yetib kelishlari shart. 
18.12. 
Uchrashuv mezboni bo‘lgan klubga quyidagi majburiyatlar 
yuklatiladi: 

mehmon jamoaning tegishli darajadagi mehmonxonadan o‘rin-joylar bilan 
ta’minlashiga ko‘maklashish; 

hakamlar brigadasini kiyinish xonasidan maydonga chiqishgacha va 
maydondan chiqishdan kiyinish xonasigacha, shuningdek, o‘yindan oldin, 
o‘yindan keyin hamda tanaffus paytida kamida 2 kishidan iborat jamoat 
tartibini saqlash organlari xodimlarining kuzatuvi bilan ta’minlash; 

hakamlar xonasida begona shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik 
(uchrashuvda ishlaydigan hakamlardan tashqari ushbu xonaga O‘zPFL 
komissari va u tomonidan ruxsat etilgan shaxslargagina kirish uchun izn 
beriladi); 

rasmiy uchrashuv uchun O‘zPFL tomonidan taqdim etilgan kamida 8 ta to‘p 
taqdim etish;

to‘plarni uzatib turish uchun umumiy soni o‘ntadan kam bo‘lmagan va 12 
yoshdan (epidemiologik sharoitda 18 yoshdan) kichik bo‘lmagan, libosi 
maydondagi jamoalar va hakamlarning kiyimidan farqlanadigan yosh 
futbolchilar guruhini (keyingi o‘rinlarda – ballboy) taqdim etishi (uchrashuv 
komissari O‘zPFL bayrog‘i bilan bog‘liq yoki boshqa topshiriqlar yuzasidan 
mezbon jamoadan qo‘shimcha yosh futbolchilar guruhini talab qilishi 
mumkin); 

ballboylar O‘zPFL tomonidan taqdim etilgan ustki liboslarni kiygan bo‘lishi 
hamda taqdim etilgan vositalardan foydalanishi kerak;

Musobaqalarda O‘zPFL madhiyasi komissar belgilab bergan vaqtda qo‘yilishi 
shart. 
18.13. 
Mezbon jamoa mehmon jamoaga quyidagilarni bepul taqdim 
etadi: 

sportchilarni uchrashuv o‘tkaziladigan shahar doirasida vokzal yoki 
aeroportdan mehmonxonagacha borishlari, qaytishlari, mashg‘ulotlar 
o‘tadigan kunlarda mehmonxonadan stadiongacha borishlari va qaytishlari 
uchun kamida 42 o‘rinli zamonaviy avtobus; 

rasmiy uchrashuv oldidan bir marta mashg‘ulot o‘tkazish uchun musobaqa 
o‘tadigan stadionning futbol maydonini; 

rasmiy uchrashuv oldidan o‘tkaziladigan mashg‘ulot davomiyligi mashg‘ulot 
jarayonigacha bo‘lgan tadbirlardan tashqari 60 daqiqani tashkil qilishi kerak. 


31 
Bunda mashg‘ulotning maydon qoplamasi sifatiga ta’siri O‘zPFL komissari 
hamda uchrashuv bosh hakami tomonidan baholanadi; 

mehmon jamoa uyiga qaytishi uchun chiptalarni bron qilishda ko‘maklashish; 

mehmon jamoa uchrashuvgacha o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatda 
mezbon jamoaga o‘zining kelish sanasi, delegatsiya a’zolarining soni, 
mashg‘ulotlar vaqti haqida xabar berishi zarur (fors-major holatlari bundan 
mustasno). Bu talab o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda joylashuv borasidagi 
e’tirozlar qabul qilinmaydi. Mehmon jamoani qabul qilishni tashkil etishga 
oid e’tirozlar yuzaga kelgan holda mehmon jamoa rahbari raport yozib, 
O‘zPFL ma’muriyatiga murojaat qilishi mumkin. 
18.14. 
Mezbon jamoa uchrashuv rasmiy shaxslarini shahar doirasida 
vokzal yoki aeroportdan mehmonxonagacha borishlari va qaytishlari, mashg‘ulotlar 
o‘tadigan kunlari mehmonxonadan stadiongacha borishlari va qaytishlari uchun 
transport bilan ta’minlashi kerak. 
18.15.
Musobaqalarda (final hamda o‘tish o‘yinlari bundan mustasno) 
o‘z ish majburiyatlarini olib boradigan uchrashuvning rasmiy shaxslariga (VAR tizimi 
mutaxassislari bundan mustasno) ikki tomonga yo‘lkira, yashash joyi va 
ovqatlanishini ta’minlash mezbon jamoa hisobidan amalga oshiriladi. Agar 
uchrashuv rasmiylari boshqa mamlakat assotsiatsiyasidan jalb etilsa, ularning yo‘l 
bilan bog‘liq xarajatlari tashabbus bildirgan tomondan amalga oshiriladi. Xorijiy 
hakamlarni kutib olish, ularning yashash joyi va ovqatlanishini ta’minlash mezbon 
jamoa hisobidan amalga oshiriladi. Final, o‘tish o‘yinlari, shuningdek, VAR tizimi 
mutaxassislarining barcha xarajatlari O‘zPFL tomonidan amalga oshiriladi.
18.16.
Mezbon jamoa (O‘zPFL talabiga ko‘ra mehmonlar ham) o‘yin 
tugashi bilan 2 soat ichida O‘FA inspektoriga hamda 2 kun muddat ichida O‘zPFLga 
uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim 
etishi shart. Bunda jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga 
qaytishlarigacha shartli ravishda taymer yoqilgan holda butun uchrashuv davomida 
uzluksiz suratga tushirilishi zarur. 
18.17.
Favqulodda holatlarda hamda epidemiologik vaziyatlarda 
musobaqalarning tashkiliy masalalari qo‘shimcha Reglament bilan tartibga solinadi.
18.18.
Reglamentga rioya qilmaganligi uchun futbol klublariga nisbatan 
O‘FAning “Intizom kodeksi”ga muvofiq O‘zPFL tomonidan jarima sanksiyalari 
qo‘llaniladi. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə