Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

16.11.
Agar futbol klubi kiritgan e’tiroz yoki shikoyatini 48 soat ichida 
qaytarib olsa, klubga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilmaydi. 
17-bob. 
Futbol uchrashuvlarini o‘tkazish tartibi 
17.1. 
Klubning ikki rasmiy uchrashuvi orasidagi vaqt oralig‘i 48 soatdan kam 
bo‘lmasligi lozim.
17.2.
Uchrashuvlar davomiyligi 45 daqiqadan 2 taym bo‘ladi. Taymlar 
orasidagi tanaffus maksimum 15 daqiqa. Kubok uchrashuvlari qo‘shimcha 
taymlarga qadar cho‘zilsa, uchinchi va to‘rtinchi taymlarning har biri 15 daqiqadan, 
ular orasidagi tanaffus esa maksimum 5 daqiqadan iborat bo‘ladi.
17.3.
Ob-havo haroratidan kelib chiqib, uchrashuv bosh hakami klublardan 
birining taklifiga ko‘ra, bo‘limlar davomida bir martadan suv ichish uchun 1 
daqiqadan ko‘p bo‘lmagan tanaffus e’lon qilishi mumkin. 


26 
17.4.
Uchrashuv oldi jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi (uchrashuv 
startigacha): 

150 daqiqa — O‘zPFL komissarining stadionga kelishi; 

90 daqiqa — inspektor va hakamlarning kelishi; 

90 daqiqa — jamoalarning kelishi; 

60 daqiqa — uchrashuv qaydnomasini to‘ldirish, futbolchilarning 
litsenziyalarini solishtirish; 

50–20 daqiqa — chigalyozdi mashg‘ulotlari; 

15 daqiqa — futbolchilar libosi va ulardagi belgilar tekshiruvi, raqamlarning 
litsenziyaga muvofiqligi;

10-5 daqiqa — jamoalarning tribuna osti yo‘lakchasida saflanishi. 
Klublar O‘zPFL tomonidan taqdim etilgan Countdown tartibiga qat’i rioya 
qilishi lozim. 
17.5. 
Uchrashuv davomida almashtiriladigan futbolchilarning ruxsat etilgan 
soni:
 

Superliga — 3 ta; 

O‘zbekiston kubogi — 3 ta (+1 ekstra taymda); 

Liga kubogida — 3 ta (+2 tanaffus vaqtida, yo‘qsa bu limit kuchini yo‘qotadi); 

U-21 — 5 ta; 

U-18 — 5 ta;

U-16 — 7 ta; 

U-14 — 7 ta; 

Pro liga — 3 ta; 

Birinchi liga — 5 ta;

Ayollar Oliy ligasi — 3 ta; 

Ayollar Birinchi ligasi — 5 ta; 

U-16 ayollar — 7 ta.
Mazkur qoida epidemiologik sharoitdan kelib chiqib, o‘zgartirishlar soni 
qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə