Professional futbol ligasi tomonidan


Musobaqa ishtirokchilari O‘FA tomonidan tavsiya etilgan professional  futbol to‘plaridan foydalanadi.  17.7



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

17.6.
Musobaqa ishtirokchilari O‘FA tomonidan tavsiya etilgan professional 
futbol to‘plaridan foydalanadi. 
17.7. 
Chempionlar ligasidagi ishtiroki sabab OFK tomonidan taqdim etilgan 
to‘plarga ega klublar O‘zPFL musobaqalarida shu to‘plardan foydalanishi mumkin 
emas.
17.8.
Uchrashuv boshlanishidan 90 daqiqa avval klub rasmiysi elektron 
qaydnomaga futbolchilarning ismi-familiyasi, raqamlarini o‘sish tartibida hamda 
ampluasini, rasmiy shaxslarning ismi-familiyasi va lavozimini litsenziyada 
ko‘rsatilgani bo‘yicha kiritish uchun uchrashuv komissariga futbolchi va rasmiy 
shaxslar litsenziyasini taqdim etishi lozim. 


27 
17.9. 
Musobaqa ishtirokchilari uchrashuv qaydnomasiga 11 nafar asosiy va 
7 nafar zaxira futbolchisini kiritishi mumkin. Shuningdek, qaydnomadan O‘zPFL 
litsenziyaga ega bo‘lgan 7 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi mumkin. Rasmiy 
shaxslar orasida klub shifokorining bo‘lishi majburiydir. Zaxira o‘rindig‘iga 
uchrashuv qaydnomasida bo‘lmagan shaxs qo‘yilmaydi.
17.10.
Uchrashuv qaydnomasiga diskvalifikatsiya qilingan futbolchini kiritgan 
jamoaga: 

g‘alaba qozonsa yoki o‘yin durang bilan yakuniga yetsa, unga texnik 
mag‘lubiyat yoziladi hamda klubga O‘FA Intizom kodeksiga muvofiq jarima 
solinadi. Raqib jamoaga esa texnik g‘alaba yoziladi. Shu bilan birga, ushbu 
uchrashuvda urilgan gollar bekor qilinadi, olingan ogohlantirish va 
chetlashtirishlar o‘z kuchida qoladi; 

jamoa mag‘lub bo‘lgan taqdirda uchrashuv natijasi (gollar, ogohlantirish va 
chetlashtirish) o‘z kuchida qoladi, jamoaga O‘FA Intizom kodeksiga muvofiq 
jarima solinadi; 

bunday hol takrorlansa, O‘zPFL Ijroqo‘mi qarori bilan jamoa musobaqadan 
chetlashtiriladi; 

uchrashuv qaydnomasiga stadion hududiga yetib kelmagan futbolchini 
kiritish taqiqlanadi. Stadionga kechikib yetib kelgan futbolchini qaydnomaga 
uchrashuvga 20 daqiqa qolguniga qadar kiritish mumkin. Buning uchun klub 
rasmiysi uchrashuv komissariga murojaat qilishi kerak.
17.11.
Maydon egalari qaydnomani birinchi bo‘lib to‘ldiradi. Jamoa nomidan 
qaydnomani imzolashga uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bosh murabbiy yoki 
katta murabbiy haqlidir. Yoshlar tarkiblari o‘rtasidagi uchrashuvlar qaydnomasini 
ushbu qaydnomaga kiritilgan, yoshlar tarkibi bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan 
jamoa murabbiyi imzolashi kerak. 
17.12.
Jamoa uchrashuvga belgilangan vaqtdan kechikib kelsa, o‘yin 
komissari maydon egasi bo‘lgan klub rahbariyati bilan kelishgan holda, uchrashuvni 
o‘z vaqtida o‘tkazish uchun barcha choralarni ko‘rishi zarur. Agar uchrashuvni 
belgilangan vaqtda o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, O‘zPFL komissiyasi barcha 
tafsilotlarni o‘rganib chiqib, so‘ng ushbu uchrashuv bo‘yicha qaror qabul qiladi. 
Jadvalda belgilangan uchrashuv kechiktirilishida aybdor klub O‘FA “Intizom 
kodeksi”ga muvofiq jarimaga tortiladi. Jamoalardan biri o‘yin boshlanish vaqtidan 
30 daqiqa kechiksa, mazkur jamoaga nisbatan texnik mag‘lubiyat yoziladi.
17.13.
Litsenziya uchrashuvda ishtirok etish va tegishli zonaga kirish huquqini 
beruvchi yagona hujjat hisoblanadi. Bunda litsenziya egasi uchrashuv 
qaydnomasiga kiritilgan bo‘lishi shart. Superliga va Pro liga klublarining qolgan 
rasmiy vakillari faqatgina maxsus ruxsatnomalar (VIP PASS, FOP va OA) orqali 
tegishli zonaga qo‘yiladi. Maxsus ruxsatnoma uchrashuvdan bir kun oldin 
o‘tkaziladigan miting davomida komissar tomonidan tegishli shaxslarga taqdim 


28 
etiladi. O‘yinoldi mitingni tashkillashtirishga mahalliy koordinator javobgar 
hisoblanadi.
17.14.
Jamoa rasmiy shaxslari zaxiradagi futbolchilar bilan birga texnik 
zonadagi maxsus ajratilgan joyda bo‘lishi lozim. Mehmon jamoa zaxira hakamining 
o‘ng tomonida, mezbon chap tomonida maydonga qarab joylashadi. Qaydnomaga 
kiritilgan shaxslarning ko‘ksida texnik zonaga kirishga ruxsat beradigan litsenziya 
bo‘lishi lozim. Epidemiologik holatlarda O‘zPFL zaxira o‘rindiqlarini stadionning 
boshqa hududiga ko‘chirishga haqli.
17.15.
Zarur hollarda uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan tarjimon texnik 
zonaga kirishi mumkin. Bunda tarjimon uchrashuv komissaridan maxsus 
ruxsatnoma olgan bo‘lishi shart. 
17.16.
Uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan zaxira futbolchilaridan faqat 6 
nafariga o‘z zaxira o‘rindig‘iga yaqin darvoza ortidagi burchak bayrog‘i zonasida 
chigalyozdi mashqlarini bajarishga ruxsat beriladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik 
bo‘yicha murabbiy ishtirok etishi mumkin. Zaxiradagi futbolchilar libosi 
maydondagi futbolchilar va hakamlar libosidan farqlanishi lozim. Bunda mashg‘ulot 
o‘tkazayotgan futbolchilar to‘plardan foydalana olmaydi (darvozabon bundan 
mustasno).
17.17.
Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan shaxslar tomonidan tamaki va boshqa 
turdagi mahsulotlarni chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish taqiqlanadi. 
Shuningdek, mobil aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi (maxsus ruxsat 
etilgan radioaloqa vositalari bundan mustasno).
Jamoa bosh murabbiyi texnik zonada shippak, short hamda yengsiz 
futbolkada bo‘lishi taqiqlanadi.
17.18.
Uchrashuvlar O‘zPFL tomonidan belgilangan muddat va vaqtlarda 
o‘tkaziladi. Ularning vaqti (kun va soat) quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin: 

oldindan taxmin qilishning imkoni bo‘lmagan fors-major vaziyat va 
hodisalarning yuzaga kelishi natijasida uchrashuvni o‘tkazish, boshlash, 
davom ettirish, qayta boshlash va tugatish imkoni bo‘lmaganida. Bunday 
hodisalar qatoriga avariya, yong‘in, suv toshqin, zilzila, epidemiologik va 
boshqa tabiiy ofatlar, shuningdek, musobaqa tashkilotchilari va 
futbolchilarga bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa tafsilotlar kiradi. Bunday 
holatlarda uchrashuvning qachon davom ettirilishi masalasi O‘zPFL 
tomonidan belgilanadi. Uning qay tartibda davom etishi “Futbol o‘yini 
qoidalari–2021” asosida tartibga solinadi;

musobaqa jadvaliga O‘zPFL tomonidan o‘zgartirish kiritilganida. 
17.19.
Elektr yoritish tizimi ishdan chiqishi yoki elektr yoritish tizimidagi 
muammo bir soat ichida bartaraf etilmagani uchun uchrashuvni boshlash, davom 
ettirish, qayta boshlash va tugatish imkoni bo‘lmasa, stadionning texnik holati va 
elektr yoritish tizimi ishdan chiqishi sababi bilan maydon egasi bo‘lgan klubga texnik 
mag‘lubiyat yoziladi. 


29 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə