Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

 
 
8.8.
Uchrashuvga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan jamoaga texnik 
mag‘lubiyat (-/+), raqib jamoaga esa texnik g‘alaba (+/-) yoziladi. Ikkinchi marotaba 


16 
uchrashuvga uzrsiz sabablarga ko‘ra yetib kelmagan jamoa O‘zPFL Ijroqo‘mi qarori 
bilan musobaqalardan chetlashtiriladi. 
8.9.
Musobaqalardan chetlashtirilgan jamoa agar uchrashuvlarning 50 foizi 
va undan kamini o‘tkazgan bo‘lsa, uning natijalari bekor qilinadi. Ogohlantirish va 
chetlashtirishlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Agar jamoa uchrashuvlarning 50 foizdan 
ko‘pini o‘tkazgan bo‘lsa, bunday jamoaga qolgan uchrashuvlar uchun texnik 
mag‘lubiyat (-:+), raqib jamoalarga esa texnik g‘alaba (+:-) yoziladi. Ogohlantirish va 
chetlashtirishlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Fors-major holati sabab musobaqa 
formatiga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa, o‘yinlar foizini aniqlash shu o‘zgarishga 
asosan hisoblanadi.
8.10.
Agar klub mazkur Reglamentga ko‘ra O‘zPFL tomonidan musobaqadan 
chiqarib yuborilsa, ammo faoliyatini davom ettirsa, u holda mazkur klubga O‘zPFL 
Ijroqo‘mi qarori bilan kelasi mavsumni bitta quyi ligadan boshlash imkoniyati 
berilishi mumkin.
8.11.
Agar klub faoliyatini tugatsa, u O‘zPFL qatnashchilari safidan 
chetlashtiriladi. Har qanday boshqa klub shu klubning nomi, har qanday atributlari, 
belgilari, ramzlari va tarixidan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar mazkur klub 
faoliyatini qayta tiklasa, u holda o‘z ishtirokini HA tomonidan o‘tkaziladigan Ikkinchi 
liga musobaqasidan boshlashi kerak.
8.12.
Professional futbol klubi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida 
o‘z nomi yoki tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarsa, yangi klub avvalgi klubning huquqiy 
vorisi hisoblanadi va futbolchilar, murabbiylar, klubning boshqa xodimlari oldida 
oylik ish haqi hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblardagi buzilishlar uchun 
to‘liq javobgar bo‘ladi. Shuningdek, u O‘FA, O‘zPFL va O‘zbekiston Respublikasi soliq 
organlari oldidagi qarzdorlikni to‘lash uchun javobgar hisoblanadi. Keyinchalik 
ushbu klubning O‘zPFL o‘tkazadigan musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat O‘FA 
Ijroiya qo‘mitasi Byurosining qarori bilan beriladi. Mazkur holatda klubning yangi 
egasi qarzdorlik masalasini hal qilish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, biroq 
qarzlardan qutulishga yangi mavsum startiga qadar ulgurmasa, u holda viloyat 
hokimining rasmiy kafolati ostida mazkur klubga musobaqada ishtirok etish uchun 
ruxsat berilishi mumkin.
8.13.
Superliga va Pro liga klublari O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan barcha 
Musobaqalarda futbolchilarning funksional holatini masofadan turib monitoring 
qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu boradagi hisobotni 
O‘FA texnik boshqarmasining ilmiy-uslubiy guruhiga taqdim etishi shart. Klub ushbu 
moslamalarga ega bo‘lmasa, O‘FA texnik boshqarmasining ilmiy-uslubiy guruhi 
mazkur klub futbolchilarini jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testdan o‘tkazadi.
8.14.
Stadionning yoritish tizimi “Stadionlar to‘g‘risidagi nizom”da keltirilgan 
talablarga javob bermasa va shu stadiondagi uchrashuvda quyosh nurida o‘yinni 
tashkil qilish havo haroratidan kelib chiqib futbolchilar salomatligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatsa (“Meditsina Reglamenti”ga asosan), O‘zPFL mazkur uchrashuvni yoritish 


17 
tizimi talabga javob beradigan boshqa maydonda o‘tkazish bo‘yicha qaror 
chiqarishga haqli. Bu holatda mezbonlik bilan bog‘liq mazkur Reglamentda 
ko‘rsatilgan barcha majburiyatlar mezbon klubning o‘zida qoladi.
8.15.
Ayollar Oliy ligasida maydonga chiqayotgan futbolchi 2006 yil yoki 
undan katta bo‘lishi shart. Ayollar Birinchi ligasida maydonga chiqayotgan futbolchi 
2007 yil yoki undan katta bo‘lishi shart.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə