Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

Boshqa atamalar 



Mehnat shartnomasini 
ro‘yxatga olish 
– 
Klubga tegishli futbolchi yoki rasmiy shaxslarni 
musobaqalarda ishtirok etishi uchun mehnat 
shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 
Transfer 
– 
Futbolchining o‘tishi (transferi) deganda uning 
musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilishi 
bilan yakunlangan bir klubdan boshqasiga o‘tishi
Transfer shartnomasi
– 
Futbolchining o‘tish tartibi, muddati va shartlari 
(shu jumladan, xarajatlarni qoplash shartnomasi 
mavjudligida 
futbolchilarning 
o‘qitilishi, 
tayyorlanishi, mahoratini takomillashtirishi uchun 
sarflangan xarajatlarni to‘lash)ni belgilovchi, 
futbol klublari yoki futbol klubi va sport maktabi 
o‘rtasida tuziladigan ikki tomonlama kelishuv
Transfer oynasi 
– 
Futbol klubining futbolchini sotib olishi yoki 
sotishi, shuningdek, ijaraga berishi yoki olishi 
amalga oshadigan davr 
XTS 
– 
Xalqaro transfer sertifikati
Ijara shartnomasi
– 
Ikki klub va futbolchi o‘rtasida tuziladigan, 
o‘tishning tartibi, muddati va shartlari (shu 
jumladan, 
to‘lovlar)ni 
belgilaydigan 
uch 
tomonlama shartnoma 
Futbolchining ijarasi 
– 
Futbolchining 
ijarasi 
deganda 
klub 
bilan 
shartnoma tuzgan futbolchining boshqa klubga 
quyidagi shartlar asosida vaqtinchalik o‘ynash 
uchun o‘tishi nazarda tutiladi: 

o‘tish paytida futbolchi va u muayyan 
vaqtga tark etmoqchi bo‘lgan klub o‘rtasida 
keyinroq 
ham 
davom 
etadigan 
shartnomaning mavjudligi, bu shartnoma 
futbolchini 
boshqa 
futbol 
klubida 
vaqtinchalik 
o‘ynaganidan 
so‘ng 
tomonlarning mehnat munosabatlarini 
qayta tiklash ixtiyori borligidan dalolat 
beradi;

futbolchi yangi klubga o‘tishiga qadar 
amaldagi mehnat shartnomasiga ega 
bo‘lgan klubiga futbolchining tarbiyalanishi 
uchun sarflangan xarajatlar qoplanishi 
huquqining saqlab qolinishi 
Sport mavsumi 
– 
kalendar yili doirasida rasmiy musobaqalarga 
tayyorgarlik ko‘rish va bevosita musobaqalar 



vaqtini o‘z ichiga olgan davr. Musobaqalar davri 
O‘zPFL qatnashchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan 
birinchi rasmiy uchrashuv kunidan boshlanadi va 
oxirgi rasmiy uchrashuv kuni bilan yakunlanadi. 
Transferlarni ro‘yxatga 
olish davri 
– 
Futbolchining kelgusi yoki joriy musobaqalarda 
ishtirok etishi uchun u klubdan bu klubga o‘tishi 
mumkin bo‘lgan davr 
Legioner 
– 
O‘zbekiston futbol klubiga ishlash uchun taklif 
etilgan chet el fuqarosi 
Xorijiy mutaxassis 
– 
O‘zbekiston futbol klubiga ishlash uchun taklif 
etilgan xorij fuqarosi
Mahalliy futbolchi 
– 
Jamoa sharafini himoya qilayotgan viloyatda 
doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi 
Vositachi (uchinchi 
shaxs, agent) 
Futbolchining bir klubdan ikkinchisiga trasferi 
amalga oshayotganda uning huquqlarini himoya 
qiladigan 
yoki 
futbolchining 
amaldagi 
shartnomasi yakuniga yetib borayotgan vaqtda 
uning kelgusi rejalari yuzasidan muzokaraga 
kirishishi mumkin bo‘lgan, shu futbolchi bilan 
qonuniy yozma kelishuvi mavjud bo‘lgan shaxs.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə