Prostoy xleb



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə1/66
tarix29.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#140628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Qo\'llanma 11.10.2023


O‘ZBEKISTON RESРUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


Olim SUVONOV
0112400-Professional ta’lim: 60610200-Axborot tizimlari va texnologiуlari


MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI
(o’quv qo’llanma)

© Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari: o‘quv qo‘llanma




Tuzuvchi:
Suvonov Olim Omonovich
Navoiу davlat рedagogika instituti “Informatika” kafedrasi do‘lsenti, texnika fanlari nomzodi.


Annotatsiуa
O‘quv qo‘llanma 0112400-Professional ta’lim: 60610200-Axborot tizimlari va texnologiуlari ta’lim уo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur o‘quv qo‘llanmada Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari fanidan nazariy mashg‘ulotlar, amaliу mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatmalar hamda izohli lug‘at o‘rin olgan.


Taqrizchilar:
A. Ne’matov - Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi
G‘.R.Yodgorov - Navoiy davlat pedagika instituti “Informatika” kafedrasi do‘lsenti, fizika- matematika fanlari nomzodi.

KIRISH
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi hamda ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini topishini taqozo etadi. Ayni paytda, axborotlarni kompyuterlarda qayta ishlash kun sayin rivojlanib, jamiyatning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Shu bois, kompyuterda ma’lumotlarning saqlanishi va u bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lish muhim hisoblanadi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, undan foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Kompyuterdagi ma’lumotlar- ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Ular maxsus dasturlar - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yordamida boshqariladi.
Shu bois, ma‘lumotlarni boshqari, ya‘ni, ularni ma‘lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammoni yechimi, ma‘lumotlarni ishlash jarayonidagi yondashishning yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Bu texnologiyaning asosini ma‘lumotlar bazasi tashkil etadi. Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish o‘zaro bog‘langan ma‘lumotlar to‘plamlariga kirishni, ulardan foydalanish hamda ishlashni avtomatlashtiradi, ma‘lumotlarni yangilashni va keraksizini o‘chirish kabi amallarni avtomatlashtirishni ta‘minlaydi. Ushbu amallarni Microsoft Access da samarali amalga oshirish mumkin.
Ammo, MS Access, jumladan MS Access 2010 ni o‘qitishda lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlarning yetishmasligi seziladi. Shuning uchun ushbu uslubiy qo‘llanma o‘quvchi - yoshlarning foydalanishi uchun tavsiy etilmoqda. Qo‘llanma MS Access 2010 ni o‘rganishni boshlayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, u to‘rtta bobdan iborat: birinchi bobda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va MS Access 2010 da ma’lumotlarni tahrirlashga oid ma’lumotlar berilgan; ikkinchi bobda Microsoft Access 2010 da jadvallarni bog‘lash, saralash va formalar hosil qilish usullari keltirigan; uchinchi bobda Microsoft Access 2010 da makroslar va so‘rovlar yaratish usullari haqida ma’lumotlar berilgan; to‘rtinchi bobda Microsoft Acces 2010 da matematik amallar, funksiyalar va ulardan foydalanib, amallar bajarib ko‘rsatilgan.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə