Prostoy xleb


-§. MA’LUMOTLAR OMBORI, ULARNING TURLARI. MA'LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə2/66
tarix29.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#140628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Qo\'llanma 11.10.2023

1-§. MA’LUMOTLAR OMBORI, ULARNING TURLARI. MA'LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI.


Reja:


  1. Ma‘lumotlar bazasining va uni boshqarish tizimlari

  2. Ma‘lumotlar modellari

  3. Mohiyat-bog‘lanish tushunchasi

  4. MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish

Axborot texnologiyalarning rivojlanishi, axborot oqimlarining tobora ortib borishi va ma‘lumotlarning tez o‘zgarishi insoniyatni ma‘lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish, yig‘ish va uni qayta ishlash uchun ma‘lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumotlar bazasi va uni boshqarish tizimlari


Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma‘lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‘noda ma‘lumotlar bazasi -bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma‘lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma‘lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma‘lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma‘lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Tuzilmalashtirish –bu ma‘lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma‘lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Masalan, talabalar (sinov daftarchasining nomeri, familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘rtacha baho va stependiya miqdori) haqidagi axborotdan iborat
tuzilmalashtirilmagan ma‘lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin:
Reyting daftarcha nomeri 654311 Familiyasi Avazov Ismi Jamol Otasining ismi Aliyevich Tugilgan sana 15-yanvar, 1979 yil O‘rtacha baho 4,78 Reyt. daft. nomeri 545712 F-yasi Ortiqov Ismi Akram Ota. ismi Salimovich Tugilgan sana 3XI 1978 yil O‘rta baho 4,61 va hokazo.
Tuzilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma‘lumotlardan zarur bo‘lganini qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa dyarli bajarib bo‘lmaydi.
Agar talabalar haqidagi ma‘lumotlarni oddiy jadval ko‘rinishidagi tuzilmaga soladigan bo‘lsak, uni quyidagicha tasvirlash mumkin bo‘ladi.


Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə