Prostoy xleb



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə6/66
tarix29.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#140628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Qo\'llanma 11.10.2023

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • TALABA
Familiyasi I.O.

Tug’ilgan sana

Bosqich

Mutaxassisligi

Karimov M.N.

15011979

4

menejement

Avazov A.V

03111978

4

Iqtisodiy inf.

Ortiqov O.B.

07071980

3

Iqtisodiy inf.

Lazizova V.N.

12041981

3

Iqtisodiy pedag.

Xoliyorov N.A.

31121982

2

Marketing

Javlonov X.B.

24091983

1

Sug‘urta ishi

Munosabat ustunlari atributlar (maydonlar) deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat tuzilgan ro‘yxatga munosabatlar sxemasi deyiladi. Misoldagi TALABA munosabatining sxemasi quyidagicha yoziladi:
TALABA = (Familiyasi I.O., Tug’ilgan sana, Bosqich, Mutaxassisligi)
Ma‘lumotlarning relyatsion bazasi - bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashadi.
Jadval hamma uchun qulay bo‘lishi bilan bir qatorda ma‘lumotlarni manipulyatsiya qilishning asosiy uch operatsiyasini bajarish birmuncha
noqulaylikni ham tug‘diradi, asosan tartiblash, guruhlash va daraxt ko‘rinishidagi parametrlar bilan ishlashda.
Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu esa ba‘zi bir operatsiyalarni bajarishda ma‘lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, ma‘lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo‘yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma‘lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi.
Ma‘lumotlarning relyatsion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
-to‘plamlar ustidagi ananaviy operatsiyalar, ya‘ni to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi, bo‘lishmasi;
-maxsus relyatsion operatsiyalar, ya‘ni proyeksiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Relyatsion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan tillarni ikki sinfga ajratish mumkin: relyatsion algebra tili (RAT) va relyatsion hisob tili (RHT).
RAT relyatsion algebraga (Kodd algebrasiga, -algebraga) asoslangan. Ma‘lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida hohlagan natijaga erishish mumkin. SHuning uchun RATni protsedurali til deyishadi.
RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma‘lum qoidalar to‘plamini beradi. Ushbu so‘rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani oladi. Shu sabab RHTga protseduralimas til deyishadi.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə