Prostoy xleb



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə8/66
tarix29.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#140628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Qo\'llanma 11.10.2023

Birga-bir bog’lanish (1:1): Har bir vaqt momentida A mohiyatning har bir (nusxasiga) vakiliga B mohiyatning vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.




B

A
1 AB 1



  1. Birga-ko’p bog’lanish (1:M): A mohiyatning bitta vakiliga B mohiyatning bir necha vakili mos keladi.




B

A
1 AB M



  1. Ko’pga –bir bog’lanish (M:1)


B

A
M AB 1



  1. Ko’pga–ko’p bog’lanish (M:N)


B

A
M AB N




MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish


MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi:

  • predmet sohasi obyektlarini qanday qilib ma‘lumotlar modellarining abstrakt obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma‘lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.

  • ma‘lumotlar bazasiga so‘rovlarning bajarilish effektivligini qanday ta‘minlash. Bu masalaga ma‘lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi.

Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot obyektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:

    • konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;

    • axborot obyektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;

    • predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasini loyihalashtirish.

Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish kerak:

  • foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish;

  • MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud masalalarini aniqlash;

  • kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash;

  • tahlil natijalarini hujjatlashtirish.

Misol. TTESI talabalarini hisobga olish uchun MBni ishlab chiqish taklif qilinayapti. Predmet sohasining tahlil qilish:
1.TTESI da qancha talaba ta‘lim oladi? 2.TTESI da qancha fakultet va kafedralar bor?

  1. Fakultet va kurslar bo‘yicha talabalar qanday taqsimlanagan?

  2. Har bir kursda har bir mutaxassislik bo‘yicha qancha fanlar o‘qitiladi? 5.MBdagi axborotlar qancha (qanday) tez almashtirib turiladi?

  1. TTESI da qancha o‘qituvchi bor?

  2. Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotokxonada va xususiy xonadonlarda yashaydi?

  3. Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda qancha laboratoriyalar bor?

  4. O‘qitilayotgan fanlar orasida qanday ketma-ketlik mavjud?

  5. Hozirgi paytda 1-9 punktlarda ko‘rsatilgan axborotlardan qanday foydalaniladi (dars jadvali, imtihon, sinov va boshqalar) va qanday ishlatish rejalashtirilmoqchi?

  6. MBdan kim foydalaniladi, nechta odam va bir kunda necha marta?

Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi pog‘onasi axborot obyektlarini tanlash, har bir obyekt uchun zarur xossalarini berish, obyektlar orasidagi aloqalarni, axborot obyektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni va axborot obyektlari orasidagi aloqalarning turlarini aniqlashdan iborat.
Axborot obyektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinadi:

    1. MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?

    2. Har bir ma‘lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?

    3. Har bir ma‘lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?

    4. Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?

Axborot obyektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste‘molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot obyektlarning tasifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi. Keyin axborot obyektlari orasidagi aloqalar aniqlanadi. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinadi:
1.Axborot obyektlari orasidagi aloqalar turi qanday? 2.Har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin?

  1. Keyinchalik foydalanish mumkin bo‘lgan qanday turdagi aloqalar bo‘lishi mumkin?

  2. Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma‘noga egami?

Axborot obyektlarining o‘zaro aloqasiga misol sifatida TALABA, SINOV_Daftari, FAKULTET, O‘QITUVCHI va axborot obyektlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.

Birga bir Birga ko`p Ko‘pga ko‘p





TALABA


TALABA





Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə