Prostoy xleb



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə12/66
tarix29.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#140628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Qo\'llanma 11.10.2023

Accessda so‘rovlar


Access o‘zida bir necha so‘rov vositalarini mujassamlashtirganki, bu vositalar yordamida MB dan berilgan so‘rovnoma asosida javoblar olish mumkin. MB dan kerakli ma‘lumotlarni ajratib olishda Zapros obyekti muhim o‘rin tutadi.


Filtrlar yordamida ham ma‘lumotlarni ajratib olish mumkin. Zapros obyekti so‘rovlarni saqlash va ularni qayta ishlatish imkonini beradi.
Access Zapros obyekti ikki xil so‘rovnoma tayyorlash usuliga ega:

Master yordamida MBga so‘rovnoma qadamba-qadam bajariladi. To‘rtta master so‘rovnoma tuzish vositasi mavjud.

  • oddiy so‘rovnoma (Query Wizard);

  • kesishuvchi oddiy so‘rovnoma (Crosstab Query Wizard);

  • qaytaruvchi so‘rovnoma (Find Duplicate Query Wizard);

  • qarashlisiz yozuvlar (Find Unmatched Query Wizard).

Konstruktor yordamida faqat so‘rovnoma tuzishdan tashqari uni modifikatsiya qilish (takomillashtirish) ham mumkin.

Master yordamida so’rovnoma tayyorlash.


Oddiy so‘rovnoma tayyorlash uchun quyidagi ketma-ketliklar bajariladi: 1.MB oynasining obektlar panelidan Запросы (Queries) obyekti ishga tushiriladi.

  1. Instrumentlar panelidan «Создат» (New) buyrug‘i beriladi. Ekranda yangi so‘rov (New Query) nomli muloqot darchasi chiqadi.

  2. Muloqot darchaning o‘ng qismidagi ro‘yhatdan Oddiy so‘rovnoma (Query Wirazd) rejimi tanlanib, Ok tugmasi bosiladi. Oddiy so‘rovnoma oynasi chiqadi.

  3. Oynadagi Таблитсы/Запросы (Table/Queries) dan kerakli jadval nomi tanlanadi. Tanlangan jadval maydonlari ―Доступные поля oynasida chiqadi.

  4. ―Доступные поля oynasidagi maydonlar ro‘yhatidan keraklilarini ko‘rsatib, sichqoncha tugmasini ikki marta chiqillatish bilan o‘ng darchaga ko‘chiriladi (yoki bir nechasini ajratib birdaniga chiqillatish kerak bo‘ladi).



  1. Ketma-ket Daleye buyrug‘i beriladi.

  2. "Готово" buyrug‘i beriladi va ajratilgan maydonlar bo‘yicha so‘rov ma‘lumotlar jadvali (blankasi) chiqadi.

  3. So‘rovnoma oynasidan chiqilib, uning nomi beriladi va yozib chiqiladi. So‘rovnoma blankasi jadvali ustunlarida maydon nomlari berilgan bo‘lib, satrlarida quyidagilar beriladi:

    • maydon nomi (поле);

    • jadval nomi (имя таблитсы);

    • tartiblash (сортировкa);

    • ekranga chiqarish (вывод на экран);

    • ajratib olish sharti (условие отбора);

    • yoki (или).

Ajratib olish sharti va yoki (или) qatorlarida shartlar berish mumkin. Masalan, faqat familiyalar ichidan ―Axmedov familiyalarni ajratib olish kerak bo‘lsa, familiya maydonining ajratish sharti qatoriga ―Axmedov so‘zi yozib qo‘yiladi. Agar maydonlar raqamli bo‘lsa, shartlarda >,<,= belgilarini ishlatish mumkin. Masalan, >1. Unda faqat shu ustundagi 1 dan katta bo‘lgan yozuvlarni ajratadi.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə