Psixofiziologiya predmeti va vazifalari


O'TKAZISH FUNKSIYASI UNING OQ MODDASI BILAN BOG'LIQ



Yüklə 94,24 Kb.
səhifə4/4
tarix12.12.2023
ölçüsü94,24 Kb.
#148720
1   2   3   4
Muydinova Dilfuzaxon “Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi

O'TKAZISH FUNKSIYASI UNING OQ MODDASI BILAN BOG'LIQ

Oq moddadagi nervlar orqa miyani bosh miya bilan bogMaydi. Orqa miyaga keladigan nerv impulslari o‘tkazuvchi yo‘li orqali retseptorlardan orqa miya yuqori qismiga va bosh miyaga o'tkaziladi. Bosh miyadan keladigan nerv impulslari pastga tushadigan o‘tkazish yo‘li orqali orqa miya quyi bo‘limlari va organlarga o‘tkaziladi.
Orqa miya reflekslarini bosh miya nazorat qilib turadi. Yurak, oshqozon, siydik pufagi, jinsiy bezlar va boshqa organlar ishini orqa miya bosh miya bilan birgalikda boshqaradi.
Bosh miya katta yarim sharlari
Bosh miyaning uzunchoq miya, o'rta miya, oraliq miya bo'limlarida kulrang modda ayrim donachalar shaklida oq modda ichida joylashgan.
Miyacha, miya ko'prigi va miya katta yarimsharlarida esa kulrang modda oq moddani o'rab turadigan po'stloq hosil qiladi
Bosh miya ham oq va kulrang moddadan iborat.
• Oq modda bosh miyani orqa miya bilan va miya bo'limlarini o'zaro tutashtiruvchi nerv yo'llarini hosil qiladi.
• Nerv yo'llari tufayli nerv sistemasining hamma qismi bir butun sistema sifatida muvofiqlashgan holda ishlaydi.
• Bosh miya kulrang moddasi oq moddasi ichida to'p-to'p bo'lib, alohida donachalar (yadrolar) shaklida joylashgan.
• Kulrang modda bosh miya katta yarimsharlari va miyachani sirtdan qoplab turadigan po'stlog'ini hosil qiladi.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya yarim sharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi (miya ko‘prigi), o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3 - 3,5 sm, massasi o‘rtacha 7 g bo‘ladi. Uzunchoq miyaning tashqi qismi oq rangda bo‘lib, unda nerv tolalari joylashgan, ichki qismi kulrang moddadan iborat bo‘lib, unda nerv hujayralari bo‘ladi. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi.
Reflektor funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish hamda ko‘zni ochib - yumish, ko‘z yoshi, aksa urish, yo‘talish, me'da - ichakda shira ajralishi kabi funksiyalarni ta'minlaydigan reflekslarning markazlari joylashgan. Binobarin, uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi deganda orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo‘zg‘alish impulsini orqa miyaga o‘tkazishi tushuniladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi uning o‘tkazuvchanlik funksiyasini buzilishiga, ya'ni orqa va bosh miya o‘rtasidagi aloqaning uzilishiga olib keladi.
Miya ko‘prigi. Miya ko‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o‘rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko‘prigining tashqi qismi kulrang moddadan iborat bo‘lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan, ichki qismida oq modda bo‘lib, unda nerv tolalari joylashgan. Miya ko‘prigida uchlik, ko‘z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.
Bu nervlar orqali miya ko‘prigi reflektor funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari, xuddi uzunchoq miyaga o‘xshab, miya ko‘prigi o‘tkazuvchanlik funksiyasini ham bajaradi, ya'ni u orqali orqa miya va uzunchoq miyadan nerv impulslari bosh miyaning yuqori qismidagi nerv markazlariga o‘tkaziladi. Bu markazlardagi qo‘zg‘alish impulslari miya ko‘prigi orqali uzunchoq va orqa miyaga o‘tkaziladi.
O‘rta miya. O‘rta miya miya ko‘prigining yuqorisida joylashgan bo‘lib, unda to‘rt tepalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalariiing suv yo‘li bo‘ladi. To‘rt tepalikning oldingi 2 tasida po‘stloq osti ko‘rish markazlari, orqa 2 ta tepalikda esa po‘stloq osti eshitish markazlari joylashgan. O‘rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi ovqatni chaynash va yutish reflekslarini, qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil tana muskullar tarangligani ta'minlaydi.
O‘rta miyada ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi va bloksimon nerv markazlari joylashgan. O‘rta miya shikastlansa yoki kasallansa, uning yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalari buziladi. Buning natijasida odamning ko‘rish, eshitish, ko‘z soqqasini harakatlantirish qobiliyati yo‘qoladi. O‘rta miyadagi qizil tana shikastlansa, tana muskullarining tarangligi ortadi, uning harakatlari qiyinlashadi.
Oraliq miya. Oraliq miya o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus), do‘mboq osti soha (gipotalamus) kiradi, Ko‘rish do‘mbog‘i tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda, ya'ni nerv hujayralari to‘plamidan iborat. U po‘stloq osti sezgi markazi hisoblanadi. Odam tanasining sezgi a'zolari orqali qabul qilingan barcha tashqi va ichki ta'sir (ko‘rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, taktil, og‘riq, issiq, sovuq va hokazolar) oldin ko‘rish do‘mbog‘i orqali qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idan sezgi markazlariga o‘tkaziladi.
Do‘mboq osti soha (gipotalamus) ko‘rish do‘mog‘ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to‘plamidan iborat. Gipotalamusda vegetativ nerv tizimining markazi joylashgan bo‘lib, u orqali ichki a'zolar funksiyasi, moddalar almashinuvi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi, och qolish va to‘yish, uyqu, hayajonlanish, kayfiyatning o‘zgarishi kabilar boshqariladi. Gipofiz bezi ham gipotalamus sohasida joylashgan. Gipotalamusning nerv hujayralaridan maxsus neyrogormonlar ajralib, ular gipofiz ishining boshqarilishiga ta'sir ko‘rsatadi. Yuqoridagidardan ko‘rinib turibdiki, oraliq miyaning tarkibiy qismi bo‘lgan talamus va gipotalamus odam hayotida muhim fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. Bu nerv markazlari shikastlansa yoki kasallansa, tashqi va ichki ta'sirini sezish, ya'ni og‘riq, isssq, sovuqni sezish, ko‘rish, eshitish qobiliyati pasayadi. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida semirish yoki ozish, qandsiz diabet kasalligi va odamning kayfiyati buzilishi kabi noxush holatlar sodir bo‘ladi.
Miyacha. Miyacha bosh miya yarim sharlari ensa bo‘lagining ostida joylashgan, massasi 150 g. Uning ikkita yarim sharlari va ular o‘rtasida chuvalchangsimon qismi bor. Miyacha tashqi tomondan kulrang modda bilan qoplangan bo‘lib, u kichik egat va pushtlarga bo‘lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to‘plamidan tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgan bo‘lib, u nerv tolalaridan iborat. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, miyachaning tuzilishi va shakli bosh miya yarim sharlariga o‘xshash bo‘ladi. U uch juft: yuqorigi, o‘rta va pastki oyoqcha yordamida orqa miya; uzunchoq miya, miya ko‘prigi, o‘rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog‘lanadi. Miyacha oyoqchalaridagi nerv tolalari orqali orqa miyadan muntazam ravishda impuls olib turadi.
U odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarning tartibli bajarilishi, muvozanatda bo‘lishini ta'minlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa, tana muskullari bo‘shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakat qiladi.
Po‘stloq osti nerv markazlari. Bosh miya yarim sharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning ustki qismida kulrang modda to‘plami bo‘lib, u ikki qismdan iborat: oqamtir yadro va targ‘il tana. Oqamtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini boshqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U o‘zidan pastda joylashgan oraliq va o‘rta miya funksiyalarini boshqaradi. Oqamtir yadro zararlansa, tana muskullarining tarangligi ortib, qo‘l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz muskullarining tarangligi ortib, go‘yo yuzga niqob kiygandek bo‘ladi, ya'ni odamning har xil emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo‘lmaydi.
Targ‘il tana oqamtir yadro ishini boshqaradi. Targ‘il tana kasallansa, oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo‘ladi. Bu nerv tizimining revmatizm kasalligida sodir bo‘ladi. Bu kasallik xoreya deb atalib, u ko‘proq bolalarda uchraydi. Bunda bemorning qo‘l-oyog‘i vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zidan ixtiyorsiz silkinib qimirlaydi, ko‘zi ixtiyorsiz yumilib ochiladi. Ba'zida tilini ixtiyorsiz chiqaradi. Odam qo‘li qaltiragani uchuv xat yozishi buziladi. Ba'zi tushunmagan ota-onalar, hatto o‘qituvchilar ham bunday kasal bolaga tanbeh berishadi. Vaholanki, bu tartibsiz harakatlar uning ixtiyoriga bog‘liq emas. O‘z vaqtida shifokorga murojaat qilib davolansa, bemor tez orada tuzaladi.


Adabiyotlar Ro’yhati.

1. .Н. В. Aлександорова. Психофизиология профессиональной деятельност. Омск Издательство 2018.


2. Е.Е.Ляксо, А.Д. Ноздрачев Психофизиология. Москва. Академя. 2017.
3.Данилова Н.Н. Психофизиология. М.,2018.
4.. D.A. Mamatqulov. Bolalar fiziologiyasi va anatomiyasi asoslari. Toshkent-2017
5.Е.П.Якимович, В.В.Немцова, Д.А. Ключников Возрастная анатомия, физиология и гигена. Москва.2018.
.


Yüklə 94,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə