Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə17/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Psixologik masalalar

TIPIK INTRAVERT

  • qiyinchilik bilan muloqatga kirishuvchi, uyatchan, og`ir, o`z ichki dunyosiga ko`milgan, o`z–o`zini kuzatadigan, tuyuq odam. Yaqin odamlaridan boshqa hammadan ajralgan inson. U o`z harakatlarini oldindan rejalashtirib oladi, kutilmagan istaklarga ishonmaydi. U qo`zg`alishni, tartibni yoqtiradi, xayotda jiddiy. U his–tuyg`ularini qattiq nazorat ostiga olgan, kamdan–kam jaxli chiqadi, qizishib ketmaydi, muloqatdagi va janjallardagi kelishmovchiliklarni jim turib to`xtatishga intiladi. U diqqatni, kuchni bir joyga to`playdigan va kam harakat talab qiladigan faoliyat turlarini yoqtiradi.

U o`zining ichki olamiga yo`nalgan, unda mujassamlashgan odam boshqa odamlar uchun yopiq, chetdan tushunish uchun bir oz qiyinroq odam. Odatda u xotirjam, vazmin, og`ir tabiatli, tortinchoq, o`z kechinmalarini muntazam tahlil qilib boruvchi odam. U kitob bilan muloqotda bo`lishni odamlar bilan muloqotda bo`lishdan afzal ko`radi, odatda gapga aralashmaydigan va o`zining yaqin odamlaridan boshqalar uchun uzoq, "notanish" odam, o`z atrofida yelib–yugurishlarini yoqtirmaydi. U o`z xatti-harakatlarini oldindan batafsil rivojlantirib borishga moyil, to`satdan yuzaga kelgan ta’sirlarga ishonmaydi. U qo`zg`olishlarni, hayajonlarni yoqtirmaydi, jiddiy, doimo nimaningdir tashvishida yuradi, xayotda tartibni yoqtiradi, sekin harakat qiladi, juda kam gapiradi. U o`z hissiyotlarini jiddiy nazorat ostida tutadi, kamdan–kam hollarda tajovuzkorona xatti-harakatlar qiladi, qizishib ketmaydi, unga ishonsa bo`ladi. Biroz pessimistroq, estetik me’yorlarni yuqori qadrlaydi.
Tipik ekstravert va intravertlar qolgan boshqa ko`pchilik odamlar joylashgan qutblar hisoblanadi.
TIPIK NEVROTIK

  • onglilik va ongsizlik o`rtasida yorqin nizolarni xarakterlaydi, shuning uchun ham salbiy his–tuyg`ularini yomon boshqaradi. Hissiy noturg`unlik odatda insonning gap ko`tara olmasligi bilan bog`langan bo`lib, u o`ziga ishonmaydi, boshqa odamlarning yordamiga yoki qo`llab–quvvatlashiga doimiy muhtoj. Uning kayfiyati o`zgaruvchan. U ko`pincha bunga jiddiy asos bo`lmasada o`zini baxtsiz, nimadandir boshqalardan yomon his qiladi, ba’zan u o`zini aybdor his qiladi. U orzu qilishni, har narsadan shubha qilishni yoqtiradi, jizziki bo`lib turadi. Nevrotik odatda boshidan kechirgan ko`ngilsizlikni uzoq vaqt eslab yuradi, muvaffaqiyatsizlikdan qo`rqadi. Unga qaror qabul qilish qiyin, vaziyat shuni talab etsada o`z niyatlaridan voz kechishi ham qiyin. Nevrotik uchun tashqi psixik funktsiyalarni to`liq saqlash xos.

U o`zining salbiy hissiyotlarini boshqara olmaydigan odam, shuning uchun bundan o`zi ham azob chekadi va boshqalarga ham azob beradi. U doimo o`ziga ishonmaydi, unga, u nimasi bilandir boshqalardan kamdek u omadsizdek baxtsiz odamdek tuyulaveradi, u doimo ni manidir noto`g`ri, boshqacha gapirib qo`ygandek siqilib yuradi, doimo kimlardir unga dalda berib, uni qo`llab–quvvatlashga, uni ma’qullashlariga yoki uni tinchlashtirishlariga muhtojlik sezib yuradi. Unda ko`pincha kayfiyat ning keskin o`zgarishi, quvvatiningortishi va tushib ketishi hollari bo`lib turadi, u juda oson hafa bo`ladi, tanqidga juda og`ir, salbiy munosabatda bo`ladi, jahli tez chiqadi. Unda o`zining holati, jismoniy salomatligiga bo`lgan e’tibori o`ta yuqori, unga doimo kasal bo`lib qoladigandek bo`lib tuyulaveradi, u o`zini asabiy odam deb hisoblaydi, o`z diqqatini asabiylikning tashqi namoyon bo`lishiga (yurak urishi, bosh og`rig`i, titroq, nafas olishning o`zgarishi va boshqalar) jamlaydi, ko`pincha uyqusizlikdan qiynaladi, doimo nima uchundir xavotirlanib yuradi, o`ziga ishonmaganligidan u juda qat’iyatsizdir, ish qilishni emas balki hayol surish, orzu qilishni yoqtiradi, o`zining o`tmishini kavlashtirishni yoqtiradi, ayrim narsalarga ta’sirchan. O`ziga ishonmaslik o`zining omadsizligini anglash nevrotiklarda ko`pincha hasad va rashk kabi sifatlarni yuzaga keltiradi va bularni odatda uning o`zi tan olmaydi, biroq ular anglamagan holda uning xatti-harakati, qiliqlarida, odamlarga bo`lgan munosabatida namoyon bo`lib turadi. Jamoada bu og`ir murakkab odam, unga juda sezgirlik ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak.

Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə