Psixologik shart-sharoitlari


Publishing centre of Finland



Yüklə 266,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.04.2023
ölçüsü266,12 Kb.
#107752
1   2   3   4   5   6
Mamtaliyeva Mavjuda

Publishing centre of Finland
Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini oshirish, 
ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb 
masalasidir. O`zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va 
rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha yaxlit tarbiya 
tizimi ham oila, ham maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan amalga 
oshiriladi. Bola tarbiyasida bu ikki yo`nalish biri ikkinchisining o`rnini bosa 
olmaydi, balki biri ikkinchisini to`ldiradi. Sog`lom muhitda sog`lom bola o`sib 
ulg`aydi. Sog`lom muhitni yaratish oilada oila a`zolarining maktabgacha ta`lim 
muassasalarida pedagogik xodimlarning nechog`lik bilimdonligiga, zukkoligiga 
bog`liqdir.
Bolani jismonan, ma`nan, ruhan yetuk inson qilib tarbiyalashda oila va 
maktabning hamkorligi muhim ahamiyati kasb etadi. Shuning uchun xar bir 
oiladagi pedagogik madaniyatni takomillashtirish zarur. Maktab o`qituvchilari 
tarbiya borasida ota-onalarga ham ta`sir o`tkaza olishlari, oila pedagogikasining 
nozik jihatlarini chuqur bilishlari kerak. Har bir sinf xonalarida ota-onalar sizlar 
uchun burchak tashkil qilinib, doimiy ravishda har bir oyda sinf bolalari 
taraqqiyotidagi o`zgarishlar aniq tahlil qilib ko`rsatilishi va shu asosda ota-onalar 
uchun tegishli maslahatlar, tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Ayrim 
o`quvchilarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o`tkazib, tegishli yo`l-y`oriqlar 
beriladi. Masalan: nutqida, jismoniy o`sishida, xulqida kamchiligi bo`lgan 
o`quvchilarni faqato`qituvchining harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning 
oiladagi faoliyati ham, maktabdagi faoliyati ham yagona maqsadga 
bo`ysundirilgan bo`lishi kerak. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiya insonning ijtimoiylashuvi, ufq doirasining izchil 
kengayishi va qadriyat-semantik in'ikosining kuchayishi paytida yuzaga keladi. 
Shu bilan birga, inson rivojlanadi va mustaqil ravishda baholay boshlaydi va ongli 
darajada asosiy axloqiy va axloqiy me'yorlarni shakllantiradi, atrofdagi odamlarga, 
mamlakatga va dunyoga nisbatan xatti-harakatlar ideallarini belgilaydi. 
O'quvchining ma'naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasi uning shaxsiy 
qadriyatlarga ega ekanligi bilan baholanadi va yuzaga chiqadi. O'quvchilarning 
shaxsiy qadriyatlari uning mustahkam tarbiya topishida muhim o'rin egallaydi. 
Shaxsiy qadriyatlar deganda, o'quvchining kundalik hayotini tartibga soluvchi va 
yo'naltiruvchi muhim ahamiyatga ega bo'lgan odatlarining muntazamligi nazarda 
tutiladi. Yoshlar tarbiyasi ustida ishlab ba'zan tez o'zgaruvchan, ba'zan tez 
moslashuvchan va ba'zan esa o'zgartirib bo'lmas mushkul holat sifatida turli 
xulosalarga kelishimiz mumkin. Ularning shaxsiy qadriyatlari ham ijtimoiy muhit 
ta'sirida o'zgaruvchanlik kasb etib, ayniqsa yoshlik davrlarida har qancha nazorat 
qilsang ham turli ta'sirlarga tushib, izdan chiqish olatlari ko'p kuzatiladi. 


International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers 
Impact factor (SJIF) = 6.786 
861 

Yüklə 266,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə