Psixologik shart-sharoitlari


Publishing centre of Finland



Yüklə 266,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix30.04.2023
ölçüsü266,12 Kb.
#107752
1   2   3   4   5   6
Mamtaliyeva Mavjuda

Publishing centre of Finland
tayyorlashni, ijtimoiylashuvini asosiy maqsad bilayotgan ta‟lim muassasalari 
tajribalarini 
o„rganishga 
ehtiyoj 
tug„ilayotganini 
ta‟kidlash 
joiz. 
Ta‟lim berish yuksak darajada tashkil qilingan yapon yoki koreys maktablari 
bitiruvchilari o„z xalqining milliy qadriyatlari asosida tarbiya topganini bir 
qarashda, ularning oddiygina salomidan sezamiz. Demak, ta‟lim sohasida dunyo 
mamlakatlarining ilm-fan yutuqlarini o„qib o„rganish mumkin, ammo tarbiyada 
milliy qadriyatlar, urf-odatlardan chekinish yoki ularni ikkinchi darajaga tushirib 
qo„yish 
mumkin 
emas. 
Tarbiyaning ibratga, namunali amaliy faoliyatga asoslanganini ham unutmaslik 
joiz. Ya‟ni aqliy tarbiya (ta‟lim) aniq dastur va rejalar asosida oddiydan 
murakkabga tomon rivojlanib borsa, tarbiyada (axloqiy tarbiya) jamiyatda ro„y 
berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan yoshlarda o„z vaqtida tegishli munosabat 
uyg„otish, aniq maqsad va natijaga yo„naltirilgan reja va dasturlar ijrosiga 
qo„shimcha ravishda ijodiy yondashuv, ijtimoiy muhitni sinchiklab o„rganish 
taqozo etiladi. Aqliy tarbiyaga nisbatan axloqiy tarbiyaning faoliyat qamrovi, 
oldiga qo„yilgan vazifalar katta bo„lib, buning samarali ijrosi uchun maktab 
imkoniyati torlik qiladi. Shunday bo„lsa-da, ta‟lim muassasasi tarbiya jarayonining 
tashkilotchisi, muvofiqlashtiruvchisi bo„lishi maqsadga muvofiq. Chunki oilalar 
bolalarni nafaqat ta‟limiy (fikriy), balki axloqiy va jismoniy tarbiyalash borasida 
turli darajada, hatto farzandiga odob qoidalarini o„rgatishga qobil bo„lmagan ota-
onalar 
ham 
oz 
emas. 
Pedagogik jarayonda axloqiy tarbiyani ham, ta‟lim tizimidagidek (davlat ta‟lim 
standartlari singari) uzluksizlik talablaridan kelib chiqib shakllantirish qanchalik 
katta va murakkab masala bo„lsa-da, amalga oshirish lozim. Albatta, ma‟naviy-
axloqiy tarbiya tushunchalarini qolipga solib bo„lmaydi, ammo talablar shaklida 
hayotdan ajralmagan holda ifodalash mumkin. Bu boradagi samarali vositalardan 
biri, shubhasiz, milliy adabiyot o„qitishni yanada takomillashtirishdir. Chunki 
milliy adabiyotimiz azaldan odobga asoslanganligini yodda tutishimiz lozim. 
Tarbiya umr bo„yi davom etadigan jarayon. Hayotdagi har bir kishi tarbiyaviy 
ta‟sirga ega. U hayot maktabida tarbiyalanar ekan, tarbiyachi sifatida, tarbiya 
vositasi sifatida o„zi ham ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qiladi. 

Yüklə 266,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə