Psixologik shart-sharoitlari


Publishing centre of Finland



Yüklə 266,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.04.2023
ölçüsü266,12 Kb.
#107752
1   2   3   4   5   6
Mamtaliyeva Mavjuda

Publishing centre of Finland
Ma‟naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‟liq bo‟lib, bu 
talablar o‟z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlaraing rivojlanish darajasi va 
jamiyatda yoshlarni o‟qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda 
ma‟naviy axloq va e‟tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat 
ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Ma‟naviy –axloqiy tarbiyaning tub 
moxiyati xozirgi ijtimoiy shart-sharoitda mamlakatimiz istiqboli va istiqloli 
tog`risida g`amxo`rlik qilish, o`zligini anglash,Vatani va xalqining nimaga 
qodirligini, o`z qadr- qimmatini bilish,bor imkoniyatini Vatan, xalq ravnaqi yo`lida 
xalol mexnat qilish,yuksak g`oya va kashfiyotlarni to`g`ri yo`naltirilish, bu yo`lda 
fidoyi bo`lishdan iboratdir. Sobiq yurtboshimizning “Yuksak ma‟naviyat -
yengilmas kuch” asarining har bir satrlari aynan ma‟naviy axloqiy tarbiyaning 
butun mazmun va mohiyatini ifoda etgan desak ayni xaqiqatdir. Prezidentimiz 
mustakillikning dastlabki yillaridayoq ma‟naviy-axloqiy tarbiyaning tub ildizlari 
va mazmuni xaqida “Ma‟naviyat tarbiyaning eng ta‟sirchan quroli ekan,undan 
oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo`ylik, xalqsevarlikka 
o`rgatish kerak bo`ladi. Aslini olganda, axloq-ma‟naviyatning o`zagi. Inson axloqi 
shunchaki salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq -bu avvalo insof 
va adolat tuyg`usi iymon, xalollik degani” purma‟no fikrlari bilan barcha 
madaniyatli va ma‟rifatli insonlarga kelajak vazifalarnining tub mohiyatini 
ko`rsatib o`tgan edilar. 
Prezidentimizning ilgari surgan fikr va g`oyalari asosida ma‟naviyatning 
quyidagi tarkibiy qismlari aniqlandi: 
-madaniy-ma‟rifiy yuksaklik; 
-ijtimoiy-didaktik taraqqiyot; 
-falsafiy-pedagogik o`sish; 
- iymon-e‟tiqodning butligi; 
-milliy odob-axloq normalariga to`la rioya qilish; 
-ilm-ma‟rifatli bo`lish; 
-insonparvarlik,xalqparvarlik,vatanparvarlik,adolatparvarlik; 
Yuqorida qayd etilayotganlarning mazmun mohiyatini har bir talaba-yoshlar 
ongida, har bir O`zbekiston fuqarosining ongida rivojlantirish, hayotining 
mazmuniga aylantirish bugunning doimiy dolzarb vazifasiga aylanishi shart va 
zarurdir. 
Tarbiyaning maqsad-mohiyati davrlar o„tishi bilan o„zgarmaydi, barcha millat 
uchun ham bir darajada ahamiyatli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an‟analar 
tarbiya mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bugun nemis, rus yoki ingliz maktabida 
ham, o„zbek maktabida ham ta‟lim muassasasining tarbiyaviy vazifalarini 
kuchaytirish, ta‟limning “tarbiyalovchi” faoliyatidan qoniqmaslik holatlari olimlar 
tomonidan e‟tirof etilmoqda. Tarbiyaga asoslangan maktablar, o„quvchini hayotga 


International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers 
Impact factor (SJIF) = 6.786 
862 

Yüklə 266,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə