Psixologik trening asoslari



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/190
tarix21.05.2022
ölçüsü2,48 Mb.
#87506
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190
fayl 776 20210505

2. “Mikrofon” qonuni.
Kimning qo’lida mikrofon bo’lsa o’sha odam 
gapiradi. Mikrofon sifatida mashq o’tkazish vaqtida aylana bo’yicha har bir 
ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq o’yinchoqdan, oddiy marker yoki 
ruchkadan foydalanish mumkin. 
3. “Faollik” qonuni.
‘Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok 
etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz 
chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma’lum qilish kerak bo’ladi. 
Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta’sir qilishini 
ham e’tiborga olish kerak bo’ladi. 
4. “Faqat o’z fikrini bayon etish” qonuni.
Bu qonun o’zining fikrini 
birinchi shaxs nomidan bayon etish, ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, 
mening 
o’ylashimcha...”. 
Har 
bir 
ishtirokchi 
guruhninig 
boshqa 
qatnashchilarining fikrlarini bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning 
uchun ko’pchilik, ya’ni “biz” deb boshlanadigan fikrlar mumkin emas.
5. “Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda
xushmuomala bo’lish” qonuni. 
Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi: 


36 
“Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida 
boshqalarning xususiyatlariga sabrli bo’lish kerak. Agar sizni nimadir 
qoniqtirmasa, hech bir ishtirokchiga zarar yetkazmagan holda bu haqida trenerga 
ma’lum qiling”. Bu qonun ayniqsa o’smirlar guruhida muhimdir. Trening 
vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas.
6. “O’z ismini aytish” qonuni
. Agar trening qatnashchilari bir-biriga 
notanish bo’lsa har bir chiqish oldidan o’z ismini aytishi kerak bo’ladi. 
7. 
“Muloyimlik” 
qonuni.
Barcha 
qatnashchilar 
bir-birlariga 
xushmuomalalik bilan va o’zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan 
murojaat qilishlari kerak bo’ladi. 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə