Psixologiya fanining asosiy metodlari


O‘z-o‘zini kuzatish metodi



Yüklə 39,01 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü39,01 Kb.
#133940
1   2   3   4   5   6   7
Psixologiya fanining asosiy metodlari - копия

O‘z-o‘zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so‘nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Chunonchi, suhbat va so‘roq-javob metodlarini o‘z-o‘zini kuzatish metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qo‘llab bo‘lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o‘tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o‘z-o‘zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo‘lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya’ni tetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo‘lgan sermahsul ishlarni o‘rganishda ayniqsa foydali bo‘lishi mumkin.
Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko‘pmi standartlashtirilgan (bir xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo‘lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o‘tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida “Arxivlik metodi” degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o‘tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual xulqini kuzatmaydi va o‘lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o‘quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi. Ko‘p hollarda uni “faoliyat mahsullarini o‘rganish” yoki “praksimetrik metod” deb ifodalanadi. Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o‘tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning aniq usullarini arxivlik metodi uning xilma-xilligini ajratib ko‘rsatadi.



    1. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni

Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va еtakchidir.

Yüklə 39,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə