|
PsixologiyasiOILANING RELAKSATSIYA VAZIFASIOILA PSIXOLOGIYASI3.10. OILANING RELAKSATSIYA VAZIFASI
Hozirgi zam on oilasining eng asosiy vazifalaridan yana biri
relaksatsiya vazifasidir. Bu degani oila a ’zolarining jinsiy,
emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quw atini, m ehnat qo-
biliyatini yana qayta tiklash demakdir. M a’lumki fan-texnika
tarqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish m unosabat-
larining jadallashuvi, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida yangi
texnologiyalaming joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson
ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko‘proq jism oniy, ruhiy
zo ‘riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab
chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, bu-
tun vujudi bilan ishlashni va o ‘zining kasb-hunar mahoratini
m uritazam oshirib borishni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish
jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jara-
yonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib,
o ‘zining m ehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Ish kuni davomida ko‘tarinkilik, kuchli zo‘riqish bilan ishlagan
xodim, ishchi ishdan so‘ng o ‘z uyida, oila a ’zolari qurshovida
boshqa tashvishlami unutib, ular unga ko‘rsatadigan m ehr-oqi-
batdan bahram and b o iib , ular bilan boiadigan o ‘zaro m ulo
qot, ular tom onidan boiadigan emotsional qoilab-quvvatlash,
beriladigan daldalardan ruhiy q uw at olib, ertangi kun m ehnat
faoliyatiga o ‘zini qayta tiklab olishi lozim b o ia d i. Buning
uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o ‘zaro tushunish,
o ‘zaro hurm at, m ehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm sur-
m o g i lozim. Aks holda odam bu oilada emotsional jihatdan,
ruhiy jihatdan o ‘zini qayta tiklab ololmaydi. Bu esa oqibatda
odam ning m ehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik,
jarohatlarga y o i qo‘yishiga, turli kasalliklarga duchor boiishiga
olib kelishi mumkin. Yuqoridagi vazifalaming muvaffaqiyatli
bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta ’minlovchi m e’-
zon hisoblanadi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, oila — jam iyatning bir
b o iag i, uning asosiy yacheykasidir. Shuning uchun oilaning
o ‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki ho-
latiga, shu bilan birga jam iyatning ijtimoiy sogiom ligiga ham
ta ’sir etadi. Shunday ekan, jam iyatni sogiom lashtirish uchun
eng aw alo oilaviy munosabatlarni y o ig a q o ‘yish, oilaning faqat
ichki m uam m olarinigina emas, balki umumijtimoiy m uam m o-
larni ham hal qilishga hissa q o ‘shishini ta ’minlash lozim.
60
|
|
|