IV В О В. 0 ‘SM IRLIK YO SH IDAGI 0 ‘G ‘IL УА
QIZLARNING 0 ‘ZIGA XO S PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
4.1. 0 ‘SMIRLIK DAVRI HAQIDA TUSHUNCHA
Psixologiya fanining m uhim sohalaridan biri bo ‘lmish yosh
psixologiyasi fani bevosita inson psixologiyasining nam oyon
b o ‘lishi va rivojlanishini turli yoshlarda qanday kechish
xususiyatlari,
qonuniyatlari, mexanizmlarini o ‘rganadi. Psixo
logik xususiyatlami nam oyon b o ‘lishining yosh xususiyatlari
o ‘rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh psixo-
logiyasida turli yosh davrlari bir-biridan sezilarli farqlanadi.
Bular: chaqaloqlik,
ilk bolalik, m aktabgacha ta ’lim yoshi,
kichik maktab yoshi, o ‘smirlik, ilk yoshlik, yoshlik, yetuklik va
keksalik davrlaridir. Bu davrlaming har biri o ‘ziga xos xususi-
yatlarga, sifatlarga ega b o ‘lib, ular
bir-b irid an odam ning
xronologik yosh ko ‘rsatkichlariga ko‘ragina emas, balki shu
davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro ‘y beradigan
o ‘zgarishlar, uning ruhiyatidagi um um iy qonuniyatlarga ko‘ra
ham farqlanadi.
Biz o ‘smirlik davri psixologiyasi haqida to ‘xtalib o ‘tamiz.
0 ‘smirlik davri insonni bolalikdan — yoshlikka o ‘tuvchi va
o ‘z navbatida boshqa davrlardan o'zining nisbatan keskinroq,
murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir.
Bu davr
taxminan bolalarning 5—8-sinflarda o ‘qish paytlariga to ‘g‘ri
keladi va 11 — 12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo ‘lgan davr
oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil ertaroq
yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin.
0 ‘smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda
«o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi nom lar bilan
ham ataladi. Bu davming «og‘irligi», «keskinligi», «murakkabli-
gi» nim alar bilan asoslanadi?
0 ‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab
psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq.
Bu davrda
Dostları ilə paylaş: