Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


O'zaro bir-biridan kutish. Shaxs, maqsad, motiv



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
мулокот маданияти

5.4. O'zaro bir-biridan kutish. Shaxs, maqsad, motiv 
Har bir guruh ichidan liderlar (yetakchi) yetilib chiqadi. Rahbar yuqoridan 
buyruq asosida tasdiqlanadigan administrator (ma'mur) bo'lsa, liderlar norasmiy 
boshliq hisoblanadi. Guruh a'zolari mana shu norasmiy liderga ergashadi. Shuning 
uchun jamoaning tayinlangan rahbari jamoa ichidan yetilib chiqqan lider bilan 


95 
77 
hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bitta guruh ichida bir necha norasmiy liderlar 
bo'lishi mumkin. Rahbar mana shu liderlar orqali guruh a'zolariga ta'sir qilishi oson 
bo'ladi. Lider bilan rahbar doimo birgalikda harakat qilishlari yaxshi natijalarga 
olib keladi. Lekin ayrim hotlarda lider bilan rahbarning hamkorligi qarama-qarshi 
fikrga aylanishi mumkin. Ular uzoq vaqt do'stona munosabatni amalga oshira 
olmaydilar. Chunki rahbar doim ham guruhning talabini bajaravermaydi. Yoki 
aksincha, rahbarning talabini har doim guruh a'zolari bajaravermaydi. Shunda 
ziddiyatlar kelib chiqadi. Bu nizoni bartaraf qilish uchun yana lider rahbar bilan 
guruh a'zolarini kelishtirishi kerak. Norasmiy lider guruh a'zolarining qiziqishlarini 
himoya qilsa, rahbar tashkilotning manfaatini himoya qiladi. Tashkilot manfaati 
bilan a'zolar manfaati yoki tashkiliy-texnologik va iqtisodiy tizimlar bir-biriga 
doim ham to'g'ri kelavermaydi. Jamoa a'zolari birgalikda bajarayotgan ishlarini 
o'zlarining shaxsiy ishlaridek bajarsalargina jamoaning ishi yaxshi samara beradi. 
Shaxsda tug'iladigan ziddiyat maqsadga to'g'ri yo'naltirilgan bo'lsa o'z 
samarasini beradi. Maqsadli ziddiyat bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi 
bosqichda ziddiyat shaxsiy maqsad asosida kelib chiqadi. Ikkinchi bosqichda 
ziddiyatli vaziyatning maqsadini tuzatgan holda ayrim qismlari tahlil qilinadi. 
Ziddiyatning keltirib chiqaruvchi o'z tashkilotchisi bo'ladi. Ziddiyatda maqsadga 
yo'naltirilgan xatti-harakatlar tug'iladi. Maqsad ishonchli bo'lmasa u kuchini 
yo'qotadi. Turli maqsadlar o'zining yutug'i uchun turli usullarni talab qiladi. 
Shuningdek, ishonchli bo'lmagan maqsad — «deklarativ maqsad»dir. Masalan, bir 
narsani talab qilib boshqa narsa ko'zda tutiladi. Shaxs nizoni keltirib chiqarayotgan 
paytda o'zini xuddi boshqalarning manfaatini ko'zlab harakat qilayotgandek 
ko'rsatadi, aslida esa o'z manfaatini ko'zlaydi. Nizodagi xatti-harakatlar faqat 
maqsadga qaratilgan bo'lmasdan, realistik tabiatga ega bo'ladi. Intellekt darajasi, 
ishlab chiqarish muammosi bo'yicha bilim ayni paytdagi ziddiyatni hal qilish 
uchun vaziyatni to'g'ri ko'rish kafolatini bermaydi. Shaxs ziddiyatga borayotganida 
anglanmagan motivlar asosida xatti-harakat qilishi mumkin. Demak, shaxs nizo 
tug'ilayotgan paytda o'zining aniq maqsadiga va anglangan motivlariga ega bo'lishi 
zarur. Ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun o'z shaxsiy manfaatinigina ko'zlamasdan, 


95 
78 
butun jamoa manfaatini ko'zlab ish olib borish lozim. Ideal «men»imiz hech 
qachon real «men»imiz bilan to'g'ri kelavermaydi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə