Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Ziddiyatli vaziyatning obyektiv rejasini idrok



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
мулокот маданияти

Ziddiyatli vaziyatning obyektiv rejasini idrok 
qilish. Ziddiyatni bartaraf 
qilayotganda chegarani his qila bilish kerak. Ya'ni «kutish» va «harakat qilish» 
orasidagi chegarani aniqlash ko'nikmasi bo'lishi zarur. 
O'z-o'ziga baho berishning past bo'lishi passivlikka olib keladi: aslida u 
voqealarga faol yondasha olishi, atrofdagilar kutayotgan xulq-atvorni namoyon 
qila bilishi zarur. Opponent uchun o'ziga yuqori baho berish ziddiyatli vaziyatni 
to'g'ri idrok qila olmaslikka, tez va oson g'alabaga erishishni kutishga olib kelsa, 
o'ziga past baho berish vaziyatning murakkabligini kuchaytirib idrok qilish, 
muvaffaqiyatga erishishga ishonmaslik, ziddiyatdan kelib chiqadigan salbiy 
oqibatdan himoyalanishga olib keladi. 
Ish usullarini tanlash. 
O'ziga yuqori baho beradigan opponent ziddiyatli 
vaziyatda ishonch bilan, qat'iy turib o'zining nuqtayi nazarini bayon qiladi. O'ziga 
past' baho beradigan opponent esa o'zini himoya qilishga harakat qiladi. O'ziga 
yuqori baho beradigan opponent egoistik (lavozimidan ajrab qolishdan qo'rqish, 
moddiy manfaatdorlik, o'zining xavfsizligini saqlab qolish) motivlarini asosiy 
o'ringa qo'ygan holda harakat qiladi. Uning usullari maqsadga emas, opponent 
shaxsiga qarshi yo'naltirilgan bo'ladi. 
Kelishuvchanlik munosabati. 
Bu so'zning ma'nosi o'zaro chekinishga rozi 
bo'lish deganidir. Ziddiyatning maqsadiga kelishuvchanlik yo'li bilan qisman 
erishish mumkin. Maqsadga erishish imkoniyatlari to'la yo'qolgan bo'lsa 
kelishuvchanlik vujudga keladi. 
Omadsizlikka munosabat. 
Ziddiyatni bartaraf qilayotganda o'ziga past baho 
beradigan opponentda bunday holat sodir bo'lishi mumkin. Omadsizlikka 
konstruktiv munosabat xatolarni tan olish, o'zining kuchsiz tomonlarini his qilishda 
ko'rinadi. O'ziga yuqori baho beradigan opponent yutqazsa ham aybni boshqa 
qatnashchilarga qo'yadi. Past baho beradigan opponent esa o'zidan ayb qidiradi. 
Nizoga borayotganda nima uchun bu nizo kelib chiqqanligi, oqibati nimalarga olib 
kelishi, qanday yutuqlarga erishish mumkinligini o'ylab harakat qilish joiz. 



— Muloqot psixologiyasi 
96 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə