95
76
uchun kishi faqat 7—8 kishi bilan birgalikda muloqotda bo'la oladi. Shuning uchun
katta jamoada rahbar bilan xodimlar o'rtasida ziddiyatlar tez kelib chiqadi.
Norasmiy guruh a'zosi rahbardan ham guruh a'zolaridan
ham bir xil xatti-harakatni
kutsa ziddiyat kelib chiqmaydi. Agar rahbar boshqa talab, guruh a'zolari
boshqa
talab qo'ysalar nizolar kelib chiqishi, jamoaning ruhiy muhiti buzilishi mumkin.
Psixologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, guruh a'zolarining ijobiy
munosabati eng
yaxshi mukofotdan ham yaxshiroq ekan. Ogohlantirish olganga nisbatan guruh
a'zolarining hurmatidan qolish yomonroq. Guruh qanchalik uyushgan bo'lsa,
rahbar
bilan ziddiyatga borish shunchalik uzoqlashadi. Chunki guruh a'zosini jamoa
himoya qiladi. Demak, rahbar alohida odamni emas, balki
butun bir guruhni
boshqarishi kerak. Guruhning bilimisiz rahbar shu jamoani boshqarishi qiyin
bo'ladi. Demak, norasmiy guruhlar doimo rivojlanib, chuqurlashib boraveradi.
Chunki uni tug'diradigan sharoitlar — bu kishilarning qiziqishlari,
qarashlari, bir-
birlarini tushunishlaridir. Guruhda kishilarning madaniyat darajasi bir xil bo'lsa,
bunday guruh referent (uyushgan) guruhga aylanib boradi. Referent guruhdagi
kishilarda bir-birlariga nisbatan attraksiya, simpatiya tez shakllanadi.
Guruhga yangi kelgan shaxsni guruh yaxshi
kutib olmasa, qarashlari to'g'ri
kelmasa ziddiyat kelib chiqadi. Muloqotni barqarorlashtirish hisobiga guruhdagi
nizolar bartaraf qilinadi. Guruhning o'z qonun-qoidalari mavjud bo'ladi. Guruh
a'zolari unga albatta bo'ysunishlari kerak. Aks holda ziddiyat kelib chiqishi
mumkin. Guruhdagi me'yor, tartib va qoidalar shaxsning shu guruhda o'z o'rnini
topishiga, mavqeni egallashiga yordam beradi. Rahbarlar guruh a'zolarining fikri
bilan hisoblashishlari, guruhning fikrini qo'llab-quvvatlashlari lozim. Shundagina
jamoada ruhiy muhit
yaxshilanadi, ziddiyatlar kamayadi.
Dostları ilə paylaş: