95
70
so'zlarni», «munosabatlar oynasini», «ismini aytishni», «shaxsini tan olmaslikni»,
«faqat savol!» kabi usullarni qo'llasa ham xodim bu topshiriqlar o'zida
qiziqish
uyg'otmasa natija past bo'ladi.
Ritorika — ishontirish usullari haqidagi, xatti-harakat va idrok qilishning
boshlang'ich qoliplari haqidagi fan bo'lib, uning predmeti
ishonarli nutqning qoida
va usullaridir. Bu Arastu davridan buyon mavjud. Keyinchalik
esa bu chiroyli
so'zlashning ilmiy-falsafiy yo'nalishiga aylanib bordi. Ritorika hozirgacha san'atni
ham fanni ham qiziqtirib keladi. Agar ritorika psixologiyasiga kommunikativ
ishonch-ning qonuniyatlariga bag'ishlangan tadqiqotlar haqidagi ilmiy yo'nalish
sifatida qaraladigan bo'lsa, ta'kidlash kerakki, har qanday
kasbda inson omilida
ishontirish fenomeni muhimdir. Rahbarning xodimga, o'qituvchining o'quvchiga,
shifokorning bemorga, sotuvchining xari-dorga, avtoinspektorning haydovchiga
ko'rsatadigan ta'siri uchun ishonchli harakat kerak. Ishonchli kommunikatsiya
muammosini hal qilmay turib, jamiyatda demokratiyani shakllantirib bo'lmaydi.
Buning uchun jamiyatning barcha fuqarolari yakdillik bilan harakat qilishlari
lozim. Hozir esa empirik psixologiya to'plagan
nazariy bilimlardan foydalanib, ish
uchun, kishilar uchun psixologik yo'qotishlarning oldini olish kerak. Chunki har
qanday kasbda kishilarga ta'sir qilish uchun ishonch fenomeni muhim.
Dostları ilə paylaş: