Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
мулокот маданияти

7-jadval 
Diqqat va chidam bilan tanglash 
____________ J _______________ 
o'z-o'zini tasdiqlash ehtiyojlarining qondirilishi 
ijobiy his-tuyg'ularni vujudga keltirish 
_______I _____________ 
ijobiy his-tuyg'ularni manbalariga asoslanish 
Diqqat bilan tinglash xodimning ehtiyojlarini qondirishga olib keladi. Unda 
ijobiy his-tuyg'ular paydo bo'ladi. Rahbarga nisbatan attraksiya, simpatiya vujudga 
keladi. Xodimga nisbatan qarshi fikr bo'lsa rahbar unga bir necha muddatdan so'ng 


95 
62 
yaxshilab gaplashib olishlarini aytib ketishi kerak. Har bir xodimni tinglashga vaqt 
ajratish kerak. 
Chunki u doimo rahbarning ko'rsatmalarini bajaradi. Rahbar boshqa rahbarning 
oldiga bir buyurtma qog'ozni o'zi olib borganida uni kotiba boshlig'ining oldiga 
kirgazmaydi. Shunda rahbar kotibaning gul o'stirishga qiziqishini eshitib, qaytib 
uning oldiga kiradi. U kotiba bilan gul o'stirish haqida 1 soat suhbatlashadi. 
Natijada suhbat oxirida kotiba rahbarning hujjatini olib qoladi. Demak, 
boshqalarning qiziqishlarini eshitish orqali ishonchiga kirib olish mumkin. 
Lekin 10—15% rahbarlar kotiba oldida past ketamizmi, deb o'ylaydilar. Lekin 
ishni tez bitishi uchun bu usulni qo'llash yaxshi natija berishi mumkin. Yuqoridagi 
rahbar vaqtni qadrlagani uchun kotibaga shu usulni qo'lladi. Bu vaziyatda kotiba 
ham rahbar ham jabr ko'rgani yo'q. Rahbar kotibani tarbiyaladi ham. 
Yutuqli chipta. O'zining imkoniyatlarini hisobga olish usullari bo'yicha quyidagi 
tavsiyalar beriladi: 
1.
Maqsadga erishish uchun yuqoridagi holatlarni hisobga olsangiz 
muvaffaqiyatlarga erishishingiz oson bo'ladi. Bu usullarni qo'llash orqali siz hech 
narsa yutqazmaysiz. 
2.
Bu usullarni siz ilgari ba'zan qoilagan edingiz, faqat shaxsiy 
munosabatlardagina, endi ishda ham qo'llay olasiz. Ilgari siz bu usulni qulayligini, 
boshqalarda attraksiyani vujudga keltirishini o'ylamagan holda qo'llagansiz. Endi 
siz bu usullarni tizimli, maqsadli, ongli holda qo'llaysiz. 
3.
Agar sizning suhbatdoshingiz bu usullarni qo'llasangiz ham sizga yordam 
bermasa-da, asta-sekin siz maqsadingizga erishib borasiz. Xodimlaringizning 
ismini eslab qolishdan ishni boshlang. 
2. «Eslab qolish illuziyasi» fenomeni bo'yicha, siz qo'lingizga soatni olib unga 
qarab yuqoridagi usullarni yodlashga harakat qiling. Ko'pincha (Panasyuk A.Y.) 
buni uddalash uchun 8 sekund vaqt ketadi. 
Qoida: «o'zingiz ustingizda ishlang», ya'ni atrofdagilarning muloqotini kuzating, 
ular qanday muloqotda bo'lmoqdalar, nima uchun ularni boshqalar yaxshi ko'radi, 
ularga talpinadi, suhbatlashgisi keladi. 


95 
63 
Muloqotning 1-bosqichida kelgusi faoliyati uchun rahbar o'zining muloqotini 
modellashtirishi, ya'ni muloqotga tayyorlanishi zarur. Kommunikativ jihatdan 
tayyorlanish kerak. Quyidagi savollarga tayyorlanish maqsadga muvofiqdir: 
• Suhbatda men oldimga qanday maqsadni qo'yaman? 
• Suhbatdoshim uni uchrashuvga chaqirganimdan hayron bo'l-dimikin? 

Shu suhbatsiz men vaziyatdan chiqib keta olamanmi? 

Suhbatdoshim bilan muammoni hal qilishga tayyormanmi? 

Qanday muloqot usullarini qo'llashim kerak? 

Qanday savollarni berishim kerak? 
• Suhbatdoshim menga qanday savollarni berishi mumkin? Agar suhbatdoshim 
menga ovozini ko'tarsa, gap qaytarsa, qarshilik 
qilsa, rozi boisa, mening fikrlarimga e'tibor bermasa, ishonmasa, ishonmasligini 
yashirsa men nima qilaman? 
Muloqotning 2-bosqichida suhbatdosh bilan bevosita yuzma-yuz bo'lish, 
«emotsionaI mikromuhit»ni his qila olish, tezkor ravishda suhbatni boshlash. 
Ba'zida suhbatdoshlar gapni nimadan boshlashni bilmaydilar. Bu holda quyidagi 
usullarni qo'llash zarur: 
• Shunday savol qo'yingki, u munozarali boimasin, qiziqarli, qisqa bo'lsin; 

Fikringizni qisqa, lo'nda ifodalashga harakat qiling; 

Hukmingizni, qaroringizni asoslang; 

Savol berganingizda «qachon?» «nimaga?» «qanday?» kabilarni ishlatsangiz 
suhbatdoshingiz «ha yoki yo'q» degan javobni bera olmaydi. 

Xodimingizning oxirgi fikrini ham eshitishga harakat qiling, tinglash 
madaniyatiga rioya qiling. 

Javob berishga shoshmang, uning savollarini mohiyatini yaxshilab o'ylab keyin 
javob berishga harakat qiling. 
• Xodimning savoliga keskin ravishda javob bermang. 
Rahbar uchun eng qiyin holat suhbatni boshqarib turish. Agar u xodimni tinglay 
olmasa, suhbatni ham boshqara olmaydi. 


95 
64 
Rahbar suhbatni boshlashdan avval xodimning kayfiyatini aniqlashi, oilaviy 
sharoitini so'rashi, keyin savol bilan murojaat qilishi lozim. Agar suhbatni buyruq 
berishdan boshlasa suhbat muvaffaqiyatli bo'lmaydi. 
Ayrim hollarda xodim bilan rahbar o'rtasida nizo kelib chiqishi mumkin. Sababi 
rahbar xodimlarga odob bilan murojaat qilmaydi. Rahbarlarning xodimlar bilan 
ishlashining uch uslubi bor: 
1.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə