Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Rahbarning ko'rsatmalari vijdonan bajarilishiga erishishning



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
мулокот маданияти

4.7. Rahbarning ko'rsatmalari vijdonan bajarilishiga erishishning 
asosiy qoidalari 


95 
52 
Ayrim rahbarlarga «xodimlaringiz sizga doimo bo'ysunadilarmi», deb savol 
bersangiz, ular «yo'q, doim emas, xodimlarim bilan til topisha olmayman», deb 
javob qaytaradilar. Nima uchun? Balki rahbar xodimlarini to'g'ri tushuna 
olmayotgandir. Demak, ba'zi rahbarlar to'g'ri ko'rsatma bera olmaydilar. Kasbiy 
muloqotni to'g'ri yo'lga qo'ya olish lozim. Bir-birini tushunish xodimlarning 
umumiy aqliy rivojlanishiga, madaniyatiga bog'liq. Ayrim xodimlarga bitta gap 
kam, ikkita gap ortiqcha bo'ladi, ularga 1,5 ta gapni topib ko'rsatma berish lozim. 
Har bir xodituning intellekt (aqliy) darajasini hisobga olib ko'rsatma berilsa, ular 
vijdonan bajaradilar. Rahbar xodimga mantiqiy fikr berishi kerak, jumladan, ertaga 
birorta materialni tayyorlab olib kiring deyishi mumkin. Xodimda jon dili bilan 
rahbarni eshitish emas, balki tinglash, chuqur idrok qilish ko'nikmasi bo'lishi 
lozim. Xodimning diqqatini to'plab olishiga imkon berishi kerak. Bir-birini 
tushunish uchun quyidagi 5 ta shartni aytib o'tish joiz: 
—birgalikdagi kasbiy tilga ega bo'lish; 
—intellekt (aqliy) darajasini hisobga olish; 
—axborotning to'liq bo'lishi; 
—mantiqan bayon etish; 
— diqqatni bir joyga to'play olish. (Panasyuk AYu. YnpaBJieHHecKoe 
o6meHne: npaKvviecKHe 
COBCTH
. M. 1990. 21-bet). 
Boshqaruv muloqotining Birinchi «qonuni»ga binoan, xodimlaringiz ishga 
vaqtida kelish, ishlash, ishni muddatida tugatishni bilishi kerak. Tushunish — ishni 
qabul qilish degani emas. Ishni siz kutganchalik bajarmayotgan xodim 
tushunmayotganidan emas, balki qabul qila olmayotganidan shunday bajaradi. 
Muammoni hal qilishda xodimning bajargan ishiga qarshi bormasdan masalaga 
to'g'ri yondashish kerak. Amaliy tavsiyalar berish lozim. Chunki nima qilib bo'lsa 
ham xodimni bu ishni bajarishga rozi qilish kerak. Bu — ikkinchi qoida. Biz 
kimningdir ehtiyojini, talabini qondirish uchun ishlashimiz mumkin. Bu ishga 
qiziqish bo'lmasligi ham mumkin. Chunki bu ish rahbarni qoniqtiradi. Rahbar ishni 
topshirayotganida xodimni qiziqtirishi kerak. Shaxsiy qiziqish bilan ishga doir 
qiziqish bir-biriga mos kelishi kerak. Rahbar xodimlarining psixologik 


95 
53 
xususiyatlarini yaxshi bilishi jamoa ishining rivojlanishiga olib keladi. Xodimga 
ish berishdan avval uning shu ishga qobiliyatini hisobga olib, uni shu ishni 
bajarishga ishontirib keyin topshirish kerak. 
O'tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotda: psixolog qo'liga toza oq qog'ozni 
olib xodimlarga ko'rsatib: «shu oq qog'ozmi», deb so'ragan, ular: «ha», deb javob 
berganlar. 15—20 kishidan 2—3tasi esa har safar shu savol berilganda, ular: «yo'q, 
qarang, qog'oz sarg'ish, yoki ko'kish rangda», deb javob berganlar. Demak, har 
qanday vaziyatda ham tortishish ahamiyatga ega emas ekan. Agar ularning yaqin 
do'sti bu savolni berganida balki bunday tortishib o'tirmas edi. Demak, biz bir kishi 
uchun ko'ngildagidek ishlasak, boshqa kishi uchun shunchaki ishlashimiz mumkin. 
Rahbar umumiy topshiriq (barcha uchun) bergandan ko'ra, shaxsiy (bir kishiga) 
topshiriq bersa, yaxshi natijaga erishishi mumkin. 
Boshqaruv muloqotining ikkinchi «qonuni» — boshqalar bilan teng sharoitda 
kishilar ishni tez qabul qiladilar. (ayniqsa o'zi yoqtiradigan kishidan) va aksincha, 
yoqtirmaydigan kishining topshirig'ini qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Demak, 
kishilar uchun ish sharoitiga nisbatan ruhiy muhit yaxshi boiishi kerak. Shunday 
qilib, jamoada shaxslar bir-biriga nisbatan simpatiyaga ega bo'lsa ish yaxshi 
bo'ladi. 
MUNOSABATLAR SHKALASI - xodimlarga nisbatan ijobiy va salbiy hissiy 
munosabatlar bo'yicha tuziladi. 
4-jadval 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə