Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
мулокот маданияти

6-jadval 
ko'ngildan jilmayish yuzning yoqimli ifodasidir 
signal: «men sizning do'stingizman» 
do'st himoyalanishni ta'minlaydi 
ehtiyojlarning qondirilishi himoyada 
ijobiy emotsiyalarning paydo bo'lishi 
__________ J _____________ 
ijobiy emotsiyalar manbalarini tug'dirishga 
tayyor turish 
Lekin doimo kulib, jilmayib yurish yaramaydi. Qachon kulmaslik mumkin? 
Birinchidan, ta'ziyalarda, ikkinchidan, xodimga qarshi so'zlayotganda, 
ogohlantirish berayotganda, xizmat safariga xodimni jo'natayotganda, «holva 
degan bilan og'iz chuchimaydi» degan naqlga ko'ra, rahbar intizom haqida soatlab 
gapirgani bilan intizom o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Intizomga o'zi ham 
rioya qilsagina xodimlarda mas'uliyat shakllanadi. Vaziyatning uchinchi tipi — 
rahbarning majlis jarayonidagi jilmaymaslik holati (jiddiylik) dir. Rahbar, ayniqsa, 
o'rinbosarlari bilan majlis o'tkazayotganida jiddiy turishi, topshiriqlarni jiddiy turib 
berishi muhim. Rahbar barcha topshiriqlarni bergandan so'ng unda majlisdan 
qoniqish hissi paydo bo'ladi. To'rtinchi tip bo'yicha, rahbar xodimini 


95 
58 
jazolayotganda uni rom qilishi kerakmi yoki ko'nglini qoldirishi kerakmi degan 
masalani hal qilish lozim. Rag'batlantirish yoki jazolashni qo'llashning natijasi 
ayrim sabablarga ko'ra muammolidir. Bu ikkala usul kishilarga ta'sir qiladi, har 
doim ham ikkala usulni qo'llash yaxshi natijaga olib kelavermaydi, bularning 
psixofiziologik mexanizmlari mavjud. Masalan, xodimni jazolayotganingizda u 
o'zini aybdordek his qilsa, bu yaxshi natija berishi, keyingi safar u xatosini 
to'g'rilashi mumkin. Lekin u jazodan so'ng yana xato ishini davom ettiraversachi? 
Shuning uchun jazo va rag'batlantirish choralarini ehtiyot bo'lib, qo'll.isli kerak. 
Rahbar xodimga jazo belgilayotganda keying! faoliyatida u bilan birga ishlashini 
tasawur qilishi lozim. Butunlay ishdan bo'shatib yuborsa, bu boshqa gap. Lekin 
jazodan so'ng birga ishlash kerakku! Jazoni olayotgan xodim sizga qarshi bo'lib 
qolmasin, balki o'zining xatti-harakatlariga qarshi bo'lib qolsin. Rahbar shunga 
harakat qilishi kerak. 
«01tin so'zlar» usuli. Oltin so'zlarning sinonimi — «ajoyib», «bebaho» kabi 
so'zlar. Masalan, «siz boshqalar ko'rolmaydigan narsalarni ko'ra olasiz!», «siz bilan 
muloqotda bo'lgan kishi ko'p narsalarni bilib olishi mumkin!». Bu so'zlar ular 
uchun «oltin so'z»lar bo'lib hisoblanadi. Buni xushomad deb ham tushunish 
mumkin. 
Xushomad — kishining ijobiy xislatlarini bo'rttirib ifodalash. Rahbar bilan 
xodim o'rtasida attraksiyani tez vujudga keltiradigan so'zlar ham xushomad bo'lishi 
mumkin. Xushomad asosida ta'sir qilishning psixologik fenomeni turadi. Agar bir 
kishi bizni yaxshisiz deyaversa, u kutgandek bo'lishga harakat qilamiz. Ko'pgina 
rahbarlar xodimlariga nisbatan xushomad qilishni bilmaydilar. 
«01tin so'zlar» ni qo'llash qoidalari: 
1.
«Bitta fikr» orqali xushomad qilish. Masalan, «sizni eshitish orqali sizning 
qobiliyatingizga tan berdim». 
2.
«Giperbola» xushomad qilish. Bunday xushomad kishining sifatini ozgina 
bo'rttirib aytishdan iborat. Jumladan, «sizning tartibliligingizga men doimo tan 
beraman» — deydi rahbar o'z xodimiga. Rahbar o'z xodimlariga albatta xushomad 


95 
59 
qilib turishi kerak, shunda jamoada ruhiy muhit yaxshilanadi. Bu yerda attraksiyani 
shakllantirishning roli muhim. 
3.
«Qarashning yuqori bo'lishi» — bu yerda kishining shaxsiy qarashi muhim rol 
o'ynaydi. Xushomadga nisbatan uning fazilati o'zi yuqori bo'lishi mumkin. 
Masalan, fenomenal xotirasi yaxshi bo'lsa-da, unga atrofdagilar «telefon 
raqamlarini darhol eslab qolganingizga tan beraman» desalar bu yuqori qarash. 
4.
«Tanbehlarsiz» xushomad qilish. «Men sizning juda yaxshi xushomad 
qilishingizni eshitdim»— deb rahbar xodimiga aytsa u xafa bo'lishi mumkin. 
5.
«Didaktikasiz» xushomad qilish. Bunday xushomad xodimning kelgusida o'zini 
yaxshilashiga qaratilgan bo'lmasligi kerak. Masalan, «Sen faol bo'lishing kerak», 
«Erkak kishi qat'iyatli bo'lishi kerak» qabilidagi xushomadlar. 
6.
«Qo'shimchalarsiz» xushomad qilish. Masalan, «sen qo'ling tilla, lekin tiling 
sening dushmaning». Demak, qo'shimchalarsiz xushomad qilish lozim. 
Endigina rahbar bo'lganlarga xodimlariga xushomad qilish haqida quyidagi 
tavsiyalar beriladi: 
1. Xodimning shaxsiy fazilatlari haqida: 
a)
vazifasiga kirmasa ham kimnidir qaysidir ishga ko'ndirgan xodimga: «Siz 
boshqalarga ta'sir qilishning bunday usulini qanday uddalaysiz?» 
b)
xodimning boshqa xodimning o'ziga xos tomonini ochib bergani uchun: 
«Sizni kishilarga bunday oqilona baho berishingizni ilgari sezmagan ekanman». 
d)
uzoq shartlashgandan keyingi yutuqdan so'ng: «Siz bilan muloqotda bo'lish men 
uchun yoqimli». 
e)
xodimingiz ko'zingizni ochib qo'yganida: «Siz bilan ko'proq muloqotda 
bo'lishdan ko'p narsani o'rganish mumkin». 
f) 
xodim boshqa xodim bilan nizoga borganda o'zini qo'lga ololgan 
paytda: «Siz qanday qilib buning uddasidan chiqdingiz? Sizga qoyilman.» 
g) 
yangi kiyim kiygan xodimga: «Siz libos tanlashni juda yaxshi 
hilar ekansiz!» 
2. Xodimning ishga doir sifatiga qarata aytiladigan xushomad: 


95 
60 
a)
tashkiliy ishlarni uyushtiradigan xodimga: «Hech kirn siz kabi tashkiliy ishni 
eplay olmaydi». 
b)
xodim o'z tashabbusi bilan qo'shimcha ishni bajargan vaqtida: «Men sizning 
mehnatsevarligingizga qoyilman». 
d)
xodimni ish ustida ko'rganda: «Sizning ishlayotgan paytingizni ko'rib o'zimda 
qoniqish hosil qilaman». 
e)
majlisda nutq so'zlagan xodimga: «Sizda juda yaxshi diksiya bor, sizni tinglash 
kishida qoniqish hosil qiladi». 
0 xodimning birinchi muvaffaqiyatidan so'ng kamtarlik qilib turishini ko'rib: 
«Kamtarlik qilmang, sizning qobiliyatingiz hammani lol qoldirdi». 
Jazo berish va xushomad qilishning o'ziga xos texnikasi mavjud. Xodimga jazo 
berish, ogohlantirish uchun kelishidan avval uning yaxshi xususiyatlarini eslang. 
Kirganidan so'ng unga avval ozgina xushomad qiling, yaxshi sifatini ayting, keyin 
uni ogohlantiring. Jazo berishning quyidagi shakllari mavjud: 
1-maqsad — xodimni hissiy tomondan tayyorlab olish. Masalan, unga nisbatan 
«oltin so'zlar* ni ishlatish. 
2-maqsad — xodimni urishish yaxshi natija bermaydi, nizo chuqurlashishi 
mumkin. Rahbar xodimga uni jazolashi kerakligini, lekin u yomon xodim emasligi
ammo uni bu safar qilgan xatosi uchun ogohlantirish bermasa bo'lmasligini 
tushuntirishi lozim. Keyin 10 —15 sekund tin olib turishi, so'ngra unda iltimosi 
borligini aytib, yana biroz tin olishi, so'ngra xodimdan keyingi safar bunday 
gaplashish bo'lmasligini undan iltimos qilishi zarur. 
3-maqsad — xodim albatta o'zining xatosini tan olib, rahbardan xafa bo'lmasdan 
chiqib ketishi, buning uchun rahbar yuqoridagi treningni o'tkazishi kerak. 
«Ishdan bo'shatish formulasi». Bu formulaning 6 ta qoidasi bor: 
1. 
Rahbar xodimga ishga bo'lgan mas'uliyatini oshirsa u bilan birga 
ishlashdan xursand bo'lishi. 
2.
Yaqin ikki hafta ichida rahbar aytgan ishlarni xodimlari unutishi. 
3.
Xodim rahbar oldiga doimo yordam so'rab murojaat qilishi. 


95 
61 
4.
Rahbarning xodim endigina ishga kirgandek unga nisbatan barcha metodik 
yordam berishga tayyor ekanligi. 
5.
Ikki hafta ichida xodim yelkasidagi yukni (ishni) ko'tarib turolsa, demak ish 
yaxshi ketadi. 
6.
Ikki hafta ichida xodim ishni yurgiza olmasa rahbar uni ishdan bo'shatishga 
majbur ekanligini rasman aytishi. Bu formulalar yordamida rahbarning ishlashi 
oson bo'ladi. 
Xulosa qilib aytganda, xushomad odamda albatta yoqimli hisni keltirib 
chiqaradi. Hatto yoqmaydigan kishi xushomad qilsa ham. Majlisda jazo choralarini 
qo'llashda ham xushomad qilish zarar qilmas ekan. «Bo'shatish formulasi» 
bo'yicha kasbiy boshqaruvni yo'lga qo'yish mumkin. Har bir rahbar qo'l ostidagi 
xodimlariga albatta xushomad qilib turishi kerak. 
«FAOL TINGLOVCHI BO'LISH MEXANIZMLARI» 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə