Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
мулокот маданияти

Avtokratik uslubda 
rahbar xodimlarga faqat rasmiy ravishda murojaat qiladi, 
buyruq berib, yuqoridan turib muloqotda bo'ladi. U yuqoridan kelgan buyruqlarni 
o'zi ham buyruq asosida bajartirishga harakat qiladi. Har qanday qarorni o'zi hal 
qilishga harakat qiladi. 
2.
Liberal uslubda 
rahbar xodimlarga g'amxo'rlik qilmaydi, e'tiborsizlik qiladi, 
korxonani ishini o'z holiga tashlab qo'yadi. Jamoaning rivojini o'ylamaydi. Bunday 
rahbar faqat o'z amalini o'ylaydi. 
3. 
Demokratik uslubda 
rahbar xodimlari bilan doimo 
maslahatlashgan holda ish tutadi. Har qanday qarorga kelishda atrofdagi 
tajribali xodimlar bilan bahamjihat ish tutadi. Jamoasining kelajagini 
o'ylaydi, uni rivojlantirishga, obro'sini ko'tarishga harakat qiladi. 
Rahbar xodim bilan muloqotda ilgarigi shaxsiy adovatini unutishga harakat 
qilishi zarur. Rahbar bilan xodimlar o'rtasidagi adovatlar (nizo, kelishmovchiliklar) 
2 xil bo'lishi mumkin: 
• Shaxsiy nizolar; 
• Ish yuzasidan vujudga keladigan nizolar. 
Ba'zan ishda rahbar bilan xodimlar o'rtasida tushunmovchiliklar kelib chiqishi 
tufayli u shaxsiy adovatga aylanib ketishi mumkin. Bunday holat bo'lishiga rahbar 
yo'l qo'ymasligi kerak. Shunday hollarda rahbar kek saqlamasdan xodim bilan iliq 
munosabatini yo'lga qo'yib olishi zarur. Aks holda rahbarning obro'si jamoada 
yo'qolishi mumkin. 
Ba'zan biz birinchi marta muloqotda bo'lgan kishimizni kimlardir bergan bahosi, 
tavsifi asosida qabul qilamiz. Ya'ni oldindan olingan ko'rsatma asosida 
munosabatda bo'lamiz. Masalan, ayol kishi yangi jamoaga ishga kelsa, uning 


95 
65 
turmush o'rtog'idan ajraganligini eshitsak, unga boshqacha munosabatda bo'la 
boshlaymiz. Yoki falonchining xarakteri og'ir ekan, qo'rs ekan, yolg'onchi ekan 
deb eshitsak, unga nisbatan ehtiyotkorroq bo'lib muloqotda bo'lamiz. Bir marta 
yaxshilab suhbat qurganimizdan keyin esa fikrimiz o'zgarishi mumkin. 
Hayotda 
ekstrovert, introvert 
hamda 
sentrovert 
kishilar uchraydi. Ekstrovertlar 
— tashqi muhitga tez moslashadigan, quvnoq, harakatchan, qiziquvchan 
kishilardir. Introvertlar — ichidan pishgan, indamas, pismiq, hech kim bilan 
maslahatlashmaydigan kishilar. Sentrovertlar esa o'rtada yuradigan, hech kimga 
qo'shilmaydigan, tarafdorlari yo'q, «men senga tegmay, sen menga tegma» qabilida 
ish tutadiganlar. 
D. Karnegi odamlarga muloqot orqali ta'sir qilishning quyidagi usullarini ishlab 
chiqqan: 
1.Xodimlar ismini to'liq aytib murojaat qiling. Odamning ismi uning uchun eng 
qadrlidir. Masalan, «oy, jon, bek, xon» qo'shim-chalarini qo'shib aytish." 
2.Xodimlarga samimiy qiziqish bilan munosabatda bo'lish. Masalan, xodimning 
oilaviy sharoitini o'rganish, kayfiyatini bilish, uning xobbisi (qiziqishi) nimaligini 
o'rganish, 
3.
Xodimlarni qiziqish bilan tinglash. Biz 55% so'zlab, 45% tinglaymiz. Demak, 
tinglash qobiliyatini o'zimizda shakllantirishimiz zarur ekan. 
4.
Xodimlarga o'zlari haqida so'zlashga imkon bering. Chunki har bir kishining 
o'z dardi, muammolari bor, sizga ko'nglidagini aytsa ancha yengil tortadi. 
5.
Suhbatni savol berishdan boshlang. Chunki xodimingizni muloqotga chorlagan 
bo'lasiz. 
6.
O'z muammoingizni aytayotganingizda his qilingki, suhbatdoshingizning ham 
o'ziga yarasha muammolari bor. Atrofdagilar sizdan bezib qolmasin. Suhbat 
cho'zilib ketmasin. 


95 
66 
7.
Xodimlar bilan do'stona murojaat qiling, noverbal muloqot (imo-ishora, kulgu, 
yuz mimikasi, ko'z ishorasi, tanaffus qilish, ovoz ohangi kabi) usullaridan o'z 
o'rnida foydalaning. 
8. Xodimga tanbeh berishdan awal uni maqtang. 
Biz atrofdagilar bilan verbal va noverbal muloqot usullaridan foydalangan holda 
munosabatda bo'lamiz. Verbal muloqot bu — so'z, fikrlar orqali bo'ladigan 
muloqot bo'lib, unda chiroyli so'zlash, fikrlarning mantiqiyligi, izchilligiga e'tibor 
berish. 
Noverbal muloqot — imo-ishoralar, qovoqni solib, ochiq chehralik bilan, 
peshonani tirishtirib, g'azabnok, ovozni ko'tarib, indamasdan va boshqa shu kabi 
harakatlar orqali bo'ladigan muloqot. Noverbal muloqot verbal muloqotni to'ldirib 
turadi. 
Rahbarlarda quyidagi qobiliyatlar shakllangan bo'lishi uning obro'si oshishiga 
yordam beradi: 

Nutq, notiqlik (ritorika) qobiliyati — ovozning chiroyliligi, so'zlarni o'z o'rnida 
qo'llash, shevaga yo'l qo'ymaslik, bitta tilda so'zlash. 

Kommunikativ qobiliyat — atrofdagilar bilan tez til topa olish, aralashib keta 
olish qobiliyati. 

Didaktik qobiliyatlar — so'zlayotganda diqqatni to'plab, bir nuqtaga qarata 
olish, gapni chalg'itmaslik, uzoqdan gap boshlamaslik. 

Avtoritar qobiliyatlar — xodimlar bilan muloqotda bo'layotganda o'z obro'sini 
saqlab tura olish, chegaradan chiqib ketmaslik qobiliyati. 

Xayol qilish qobiliyati (fantastik) — xodimlarning kelajakda qanday 
qobiliyatga, uquvga, malakaga ega bo'lishlarini muloqot orqali oldindan seza olish 
qobiliyati. 

Perseptiv qobiliyatlar — suhbatdoshini tezda, to'liq idrok qila olish qobiliyati, 
suhbatdoshi kim ekanligini his qila olish kabilar. 
Rahbarlar har bir suhbatdoshning yoshini, tajribasini, malakasini hisobga olgan 
holda munosabatda bo'lishi maqsadga muvofiq. Masalan, o'smirlarga, o'spirinlarga 


95 
67 
alohida, kattalarga alohida, ishchilarga, oliy ma'lumotlilarga alohida muloqotda 
bo'lish kerak. 
Rahbarlar har bir suhbatdosh bilan uning individualligini hisobga olgan holda 
munosabatda bo'lishi lozim. Chunki har bir xodimning o'ziga xos temperamenti 
(mijozi), xarakteri (tabiati), qobiliyati (iqtidori, layoqati), odatlaribor. Ularni 
o'zgartirish juda qiyin, shuning uchun rahbarlar xodimlarni doimo kuzatishlari
ularning ruhiy xususiyatlarini o'rganishlari lozim. Shunda ular bilan to'g'ri 
muloqotda bo'lishlari oson bo'ladi. Rahbar xodimlariga doimo jonkuyar, g'amxo'r, 
vaqti kelganda talabchan, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak. 
Shuningdek, rahbar xodimlarga nisbatan ba'zan xushomad (kompliment) usulini 
ham qo'llashi zarur. Masalan, «bugun juda boshqachasiz, mana shu kiyimingiz 
juda yarashibdi, men sizga ishonaman, azizim» kabi «oltin so'zlar»ni ishlatish 
muloqot muvaffiqiyatini ta'minlaydi, kelishmovchiliklarning oldi olinadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə