Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
мулокот маданияти















«F» nuqta — xodimni simvollashtiradi (rahbar uning uchun oliy namuna). 


95 
54 
«A» nuqta — xodim rahbarga qarshi. 
«E» nuqta — rahbarga do'st sifatida qaraydigan xodim, hamfikr. 
«D» nuqta — xodim rahbarga to'g'ri munosabatda bo'ladi. 
«B» nuqta — rahbarga ochiqdan ochiq qarshi munosabatda bo'ladigan xodim. 
«C» nuqta — rahbarga yaqin orada qarshi bo'lib qoladigan xodim. Bu nuqtada 
o'rtacha xodim turadi (yangi kelgan, rahbarni hali yaxshi bilmaydigan), u keyin yo 
chapga, yoki o'ngga qarab harakat qiladi. 
O'ng tomonda turadigan xodimlar bilan ishlash rahbar uchun albatta oson. Chap 
tomonda turgan xodimlarni rahbar o'ng tomonga o'tkazishga harakat qilishi kerak. 
Psixologiya tili bilan aytganda, ularga nisbatan attraksiya (o'ziga jalb qila olish) ni 
shakllantirish kerak. 
Hayotda shunday kishilar borki, ular odamning ko'ngliga tezda yo'l topib, ishlarini 
bitirgandan so'ng tezda g'oyib bo'ladilar yoki yaxshilikni unutib yuboradilar. Ular 
boshqalarda o'zlariga nisbatan attraksiyani tez hosil qiladilar. Bunday kishilar 
muloqot jarayonida attraksiyani shakllantiruvchi maxsus psixologik usullarni 
mohirona qo'llaydilar. 
Attraksiyani shakllantirishning umumiy psixologik mexanizmlari mavjud. 
Kishilar bilan endigina tanishib suhbatlashgandan so'ng ajrashib ketsak-da, ular 
haqida bizda iliq taassurot qoladi, bu taassurot salbiy bo'lishi ham mumkin. Biz 
ayrim paytda ish bilan juda band bo'lib o'tirganimizda kotibaning kirib nimalarni 
gapirganini anglamaymiz. Biz uning ovozni eshitish a'zosi orqaii eshitamiz, lekin 
anglamaymiz. Chunki undan biz hissiy quwat olmaymiz. Bizning qulog'imizga 
bizga yoqadigan so'z eshitilsa, keyin biz uni anglaymiz. Demak, kelayotgan 
ta'sirlar bizda hissiy munosabatni uyg'otsa bizda attraksiya paydo bo'ladi. 
«Ism» usuli — bizga o'z ismimiz bilan murojaat qilinsa juda yoqadi. Fuqaro, 
o'rtoq deb aytgandan ko'ra ismning aytilishi kayfiyat ko'tarilishiga olib keladi. 
Mashhur amerikalik psixolog Deyl Karnegi fikricha, odamning ismi uning uchun 
eng yaxshi musiqa vazifasini o'taydi. 
«Ism» usulining psixologik mexanizmi quyidagicha: 


95 
55 
—ism va shaxs bir-biridan ajralmaydi. Inson tug'ilgandan boshlab uning ismi u 
bilan yonma-yon turadi; 
—ism bilan murojaat qilish kishida unga nisbatan e'tiborning mavjudligini 
bildiradi; 
— shaxsga nisbatan diqqatli bo'lish, shaxsni tasdiqlash demakdir
— agar shaxs o'zining shaxs ekanligini anglasa, unda qoniqish hissi paydo 
bo'ladi; 
—qoniqish hissi doimo ijobiy kechinmalarni keltirib chiqaradi; 
—kishi doimo ijobiy hislar paydo bo'lishiga harakat qiladi; 
— agar hech kim bizda ijobiy hislarni qo'zg'ata olmasa, attraksiyani vujudga 
keltirishga harakat qilinadi. (Panasyuk A. Yu. 45-b.) 
«ISM» USULINING TA'SIR QILISH MEXANIZMLARI 
5-jadval 
Odamning o'z shaxsini tasdiqlashi 
__________ J ____________ 
Odamga uning ismi bilan murojaat qilish 
________
)'_
__________ 
Shaxsga ayni paytda e'tiborli bo'lish 
______ I __________ 
Ijobiy kechinmalarni vujudga keltirish 
___________ J _____________ 
Kechinmalarning manbalarini yaxshi bilish 
Demak, insonga murojaat qilishda uning ismini aytib chaqirish unda ijobiy 
hislarni keltirib chiqaradi. Kishilarning ismini eslab qolish uchun uni bir necha 
marta takrorlash muhim. Shuningdek, miyangizdagi shu ism bilan bog'liq 
assotsiatsiyani yaratishga harakat qiling. Kechqurun yangi tanishlaringizning 


95 
56 
ismlarini bir necha marta takrorlang. Xodimlaringizni ismi bilan chaqirib murojaat 
qilishingiz ularda sizga bo'lgan hurmatni orttiradi. 
«Munosabatlar oynasi» usuli — tasawur qiling, sizni yangi jamoaga rahbar qilib 
tayinlashdi. Hali hech kim sizni tanimaydi, siz ham ularni tanimaysiz. Ertalab ular 
sizning ismingizni aytib salomlashadi, lekin siz ularning ismlarini hali bilmaysiz. 
Bitta xodimingiz siz bilan jilmayib salomlashadi, xuddi eski qadrdonlardek 
muloqotda bo'ladi. Ikkinchi xodim esa muloyim salomlashadi, lekin yuzida 
kinoyaga o'xshash ishora bor, istehzoli. Siz ish to'g'risida maslahatlashmoqchi 
boisangiz qaysi biriga murojaat qilasiz? Albatta birinchi xodimga, lekin nima 
uchun? Chunki unga nisbatan sizda attraksiya paydo bo'ladi. «Ruhiyat oynasi» 
yoki «munosabatlar oynasi» — bu yuz ifodasidir. Kishilar dilidagini yuz qiyofasi 
orqali ifodalaydilar. Kayfiyat chog'ligini, yomonligini ham yuz qiyofasidan bilib 
olish mumkin. Odamlar munosabatlar oynasini juda kam nazorat qiladilar va 
boshqaradilar. Rahbar xodimiga uning majburiyatiga kirmaydigan vazifani 
topshirayotganida juda muloyim, jilmayib murojaat qiladi. Jilmayish — bu 
kishilarning, do'stlarning parolidir. Buni psixologik mexanizmi quyidagicha: 
— ko'pgina kishilar do'stlarigagina jilmayib qaraydilar, dushmanlariga emas; 
—muloqotda kishilar ko'ngildan jilmaysalar, bu «men — sizning 
do'stingizman» degani; 
—do'st — bizning himoyachimiz, biz tomonimizda turadigan kishi; 
—insonning ehtiyojlaridan biri — himoyalanishga bo'lgan ehtiyoj. Do'st mana 
shu himoyalanish ehtiyojini qondiradigan shaxsdir; 
— qoniqish hissi kishida ijobiy hislarni keltirib chiqaradi; 
—inson doimo ijobiy hislarni keltirib chiqaradigan shaxsga nisbatan intiladi; 
—agar hech kim ijobiy hislarni keltirib chiqarmasa, u ixtiyorsiz ravishda 
attraksiya (o'ziga jalb qilish) ni shakllantiradi (Panasyuk A.Y. 53-bet). Buni 
quyidagi jadvalda ko'rish mumkin: 
Bu jadvaldagi qoidalarga barcha ham amal qilavermasligi mumkin. Attraksiyani 
vujudga keltirish rahbarning vazifasiga kiradi. Chunki xodimlarga ko'rsatmalar 


95 
57 
berayotganda bu juda muhim. Qovog'ini solib buyruq bergandan ko'ra, jilmayib, 
uni ozgina maqtab, keyin topshiriq berilsa, xodim tezda bu topshiriqni bajaradi. 
«MUNOSABATLAR OYNASI* USULIGA TA'SIR QILUVCHI MEXANIZM 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə