Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
мулокот маданияти

4.5. Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningi 
Kasbiy-pedagogik muloqotning 5 ta bosqichi bor. Bular: 1. Muloqot jarayonida 
mo'ljal olish. Bu bosqichda pedagog muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. 
Shuningdek, muloqot uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash 
ham yuzaga chiqadi. Psixolog Sh.A. Amonashvili bolalar maktabga kelmasidan 
avval ularga xat yozgan. Masalan, «Salom, qadrli.... Men sening o'qituvchingman. 
Mening ismim Shalva Aleksandrovich. Maktabga kirayotganing bilan 
tabriklayman. Umid qilamanki, sen bilan do'st bo'lib ketamiz. Sening 35 ta 
o'rtog'ing bo'ladi. Seni sinfda kutaman». Demak, bu yerda o'quvchiga mo'ljalga 
olish ko'rsatmasi berilyapti. 
O'z ustida ishlashda pedagogik muloqotning quyidagi bosqichlariga e'tiborni 
qaratish lozim: 
—bolada yaxshi taassurot qoldirish uchun tashqi ko'rinishingizga ahamiyat; 
—bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda muloqotning bu bosqichini 
e'tibordan chetda qoldirmang
—boshqalar bilan muloqotda keskin burilishga yo'l qo'ymang; 


95 
47 
—bugungi muloqot ko'ngildagidek bo'lmasa, uni tuzatishga harakat qiling; 
—darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya ( vaziyatni yaratish, real hayotda 
bor narsani ko'rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling; 
— 
auditoriya bilan ish boshlashdan avval faqat o'zingizning pedagogik 
materiallaringiz haqida emas, balki bolaning holati, faoliyatga tayyorligi haqida 
o'ylang. 
2. 
Pedagogik faoliyatning muhim jihati — e'tiborni o'ziga tortish 
bo'lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars 
jarayonida bolaning diqqati barqaror bo'lishi kerak. O'ziga jalb 
qilishning quyidagi usullari mavjud: 
—verbal muloqotda bo'lish (nutqiy); 
—tanaffus qilish; 
—harakatli (doskaga yozish, ko'rgazmani osish); 
—aralash usul (yuqoridagilarni birgalikda qoilash). 
Darsda ko'pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlarning fikricha, 
yuz ifodasi va imo-ishoralar orqali ma'ruzada 40% axborot beriladi. 
3.
Obyektning (kishi) qalbini zabt etish bosqichi pedagogik muloqotni 
tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan bu bosqich 
kommunikatsiyani o'ziga xos izlash bosqichidir. Masalan, yangi materialni bayon 
etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab oladi. O'qituvchining o'quvchini 
tushunishi kasbiy-pedagogik muloqotning kaliti hisoblanadi. 
4.
Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot, ya'ni 
o'qituvchining yangi materialni o'quvchilarga og'zaki bayon qilib berishidir. 
Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida 
pedagogning so'zi obrazlar qo'zg'atuvchisi bo'lib hisoblanadi. 
5.
Pedagog bilan tinglovchi o'rtasidagi o'zaro harakatda hayajonni uzatishning 
kommunikativ vositalari muhim rol o'ynaydi. Jumladan, pedagogning nutqi jonli, 
ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda bo'lishi kerak. Shunda 
tinglovchilarning idroki to'liq, obrazli bo'ladi. 
Kasbiy-muloqot treningi mashqlari tizimi ikki bosqichni o'z ichiga oladi: 


95 
48 
a)
pedagogik kommunikatsiya elementlarini amaliy egallashga qaratilgan 
mashqlar; 
b)
berilgan pedagogik vaziyat asosida muloqotning barcha tizimini egallashga 
qaratilgan mashqlar. Trening samarali bo'lishi uchun bir nechta nafar pedagog 
birlashgan holda ish olib borishi lozim. Yosh pedagoglar uchun birlashgan 
seminar-treninglar tashkil qilish yaxshi natija beradi. Tajribali pedagog 
rahbarligida treninglar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
1-bosqich — hamma uchun yaratilgan sharoitda harakat qilishni o'rganish. 
Masalan, xayolan auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing, yuring, materiallarni 
tayyorlang, stolga o'tiring, kitobni yoki jurnalni oching, eshikni yoping, tashqariga 
chiqing. Bu harakatlarni yana bir marta qaytaring, tezda kirish, tezda chiqishni 
o'rganing. 
2-bosqich — pedagogik faoliyat jarayonida muskullar erkinligini shakllantirish. 
Qo'llaringizni qimirlating, his qiling, qayerga sizning quvvatingiz boryapti 
(bo'yningizgami, boshqa barmog'ingizgami, qo'lingizgami); ortiqcha og'irlikni 
(zo'riqish) yo'qotishga harakat qiling, barmog'ingizni qattiq ushlang bo'yningizni, 
keyin yelkangizni bo'sh qo'ying, qo'lingiz erkin harakat qilsin, ko'rsatgich 
barmog'ingiz esa qattiq tursin. 10 gacha sanab barcha muskullaringizni 
bo'shatishga harakat qiling, boshingizdan boshlab to oyoq barmoqlaringizgacha. 
Keyin 5 gacha sanab barcha muskullaringizni yana bo'shatishga harakat qiling. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə