Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Shaxsning o'z-o'zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
мулокот маданияти

4.2. Shaxsning o'z-o'zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning 
ahamiyati 
O'qituvchi, tarbiyachi va pedagog kommunikativ faoliyati pedagogik 
faoliyatdagi muloqotda muhim rol o'ynaydi. Kommunikativ ko'nikma quyidagi 
shakllarda namoyon bo'ladi: 
1. Kishilar bilan muloqotda bo'lish ko'nikmasi; 
2.
O'quvchilar bilan birgalikdagi ijodiy faoliyatni tashkillashtirish ko'nikmasi; 
3.
Maqsadga yo'naltirilgan muloqotni tashkillashtirish va boshqara olish 
ko'nikmasi (uquvi). 
Kommunikativ qobiliyatlarning asosiy tarkibiy qismi muloqotchanlikning 
turlicha namoyon bo'lishidir. Muloqotmand kishilar oson, tezkorlik bilan 
muloqotni tashkillashtiradilar. Bunday kishilar har doim kommunikativlikning 
markazida turadilar. Pedagogik faoliyatdagi muloqotchanlik shaxsiy fazilat 
sifatidagina emas, balki kasbiy-shaxsiy fazilat sifatida ham yuzaga chiqadi. 
Muloqotchanlik ko'p qatlamli bo'lib, uni quyidagi tarkibiy qismlarga bo'lish 
mumkin: 
1)
muloqotga kirishuvchanlik — kommunikatsiya jarayonidan qoniqishni his 
qila olish qobiliyati; 
2)
ijtimoiy yaqinlik — jamiyatda bo'lishga xohish, kishilar orasida bo'lish istagi; 


62 
3)
altruistik (boshqalar manfaati uchun harakat qilish, yordam berish) 
yo'nalishlar. 
Muloqotga kirishuvchanlik. 
Pedagogik faoliyatni tashlab ketgan 
o'qituvchilardan so'rovnoma asosida olingan ma'lumotlarga ko'ra, ularda 
muloqotchanlik sifatlari kasbiy fazilat sifatida shakllanmaganligi aniqlangan. 
Shu jumladan, kuchsiz rahbarlarda ham xuddi shunday holat kuzatilgan. Pedagogik 
faoliyatdagi muloqot uzoq, davomli muloqotdir. 
Ijtimoiy yaqinlik vaqtinchalik ruhiy holat sifatida emas, balki shaxsning kasbiy-
pedagogik yo'nalishi bilan bog'liq holda ishtirok etadi. Muloqotchanlik shaxs 
fazilati sifatida pedagogik muloqotning mahsuldor bo'lishini ta'minlaydi. 
Muloqotchanlikning uchta tarkibiy qismini ko'rib chiqish lozim: muloqotga 
ehtiyoj, muloqot paytida va muloqotdan keyin yaxshi kechinmalar his qilish, 
kommunikativ ko'nikma va malakalar. 
Muloqotchanlik hissiy tabiatga ega bo'lib, ular kommunikativ va altruistik 
hislardir. Kommunikativ hislarga fikr almashish, hayajon-lanish, simpatiya 
(yoqtirish) his qilish, muloqotda bo'layotgan hamsuhbatni hurmat qilish kabilar 
kiradi. Altruistik hislar esa kishilarga quvonch keltirishni xohlash, boshqalar 
quvonchidan xursand bo'lish, hamdardlik bildirish kabilardan iborat. 
Pedagogning kommunikativ faoliyatiga uning qobiliyatlari ham kiradi. 
Jumladan, didaktik (mavzuni tushunarli, sodda tilda bayon qilib bera olish), hissiy-
irodaviy ta'sir eta olish, perseptiv — pedagogik kuzatuvchanlik asosida o'quvchi 
ruhiyatiga ta'sir qilish, ekspressiv — nutqiy, mimika, pantomimika asosida fikmi 
tushuntirish, kommunikativ — o'quvchilar bilan munosabatlarni to'g'ri yo'lga 
qo'yish, pedagogik odob va xushxulq, talabchanlik kabilar. Ko'rinib turibdiki, 
barcha pedagogik qobiliyatlar kommunikativ qobiliyatlar bilan bog'liq bo'ladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə