Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Muloqotda pedagogning ijodiylik hissi va uni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
мулокот маданияти

4.3. Muloqotda pedagogning ijodiylik hissi va uni 
boshqarish yo'llari 
Birinchi marotaba darsga kirganda, o'quvchilar bilan muloqotda bo'lganda 
«ijodiylik hissi» tug'iladi. Darsni takrorlashda esa «ikkinchi ijodiylik hissi» 


namoyon bo'ladi. Psixolog L.S. Vigotskiy san'atning ijodiylik aktini o'rgatish 
mumkin emasligi, ong orqali biz ongsizlik holatiga kirishimiz, ongli jarayonlarni 
tashkil qilishimiz, ular orqali ongsizlik jarayonlarini chaqirishimiz haqida fikrlar 
bildirgan. 
Pedagog faoliyatida muloqotning turli bosqichlarida hissiy jihatdan o'zini his 
qilish muhim rol o'ynaydi. Bevosita muloqot jarayonida pedagogda kommunikativ 
ruxlanish holati yuzaga chiqadi. Tabiiyki, kommunikativ o'zini his qilish 
pedagogning umumiy va kommunikativ madaniyatiga, eng muhimi — pedagog 
shaxsining kasbiy-pedagogik darajasiga, bolalar bilan ishlash xohish-istagiga 
bog'liq. 
Psixologik ishlar yo'nalishi pedagogning ijodiylik hissi, intellektual, emotsional 
jihatini tashkil etadi. Pedagogning ijodiylik hissi, ayniqsa, adabiyot darslarida 
kuchli namoyon bo'ladi. Shu bilan birga pedagogning tajribasi ham muhim rol 
o'ynaydi. Tajribasi ortib borgani sari pedagog dastlabki materiallardan ko'ngli 
toTmaydi, yangi-yangi materiallarni dars jarayonida qo'llashga harakat qiladi. 
Buning uchun esa ijodiylik hissi shakllangan bo'lishi lozim. Ijodiylik hissi bo'lsa, 
pedagog izlanadi, imkon topadi. O'zini darsga hissiy tayyorlash pedagogda 
ijodiylik tuyg'usini keltirib chiqaradi. Ijodiylik hissili shakllantirishda 
quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim: 
— material bilan ishlashda undagi asosiy o'rinlarni qidirib topish; 
auditoriyaga murojaat qilish, ya'ni muloqotda ijodiylikka e'tibor berish; 
— darsdan qoniqishni his qilish. 
Eng muhimi pedagog o'zining darsdagi hissiy munosabatlarini aniqlab olishidir. 
Ko'pgina pedagoglar ohangga, imo-ishora, yuz ifodasiga, badiiylikka ko'p e'tibor 
qaratsalar, ayrimlari faqat mantiqqa va isbot-dalillarga ahamiyat beradilar. 
Pedagoglarning fikricha, darsda o'quvchining o'quv materialini qanday idrok 
qilishi muhimdlr. Shundagina unda ijodiylik tug'iladi. Tadqiqotlarning 
ko'rsatishicha, ijodiylik hissini mustahkamlash uchun o'zining materialga nisbatan 
hissiy munosabatining tashqi ifodasini saqlay bilish kerak. Buning uchun esa 
oynaga qarab so'zlash, fikran dars jarayonini his qilish, misollarni ko'proq keltirish


62 
buyuk shaxslar faoliyatidan aniq vaziyatlarni keltirish hamda darsga tezda 
moslashish katta ahamiyatga ega. Pedagog o'ziga darsga kirishdan avval ko'rsatma 
(vazifa) berishni o'rganishi lozim. Dars jarayonida va darsdan so'ng pedagog o'zini 
tahlil qilib borishi yaxshi natijalarga olib keladi. Dars rejasini iloji boricha 
maydalashtirib, ya'ni boiaklarga bo'lib olib matn tayyorlansa, dars jarayoni yaxshi 
tashkillanadi, pedagog ijodiylik hissi asosida dars o'tadi. 
Pedagog o'zida ijodiylik hissini shakllantirish va boshqarish uchun quyidagi 
autotreninglarni qo'llashi mumkin: 
—men tinch-xotirjamman; 
—men ishonch bilan dars o'ta olaman; 
—bolalar meni tinglashadi; 
—men darsga yaxshi tayyorlanganman; 
—dars juda qiziqarli bo'ladi; 
—bolalarning men bilan birga bo'lishlari juda qiziqarli
—kayfiyatim yaxshi; 
—menga darsda ishlash yoqadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə