95
68
kerak
Sizning hozir boshqarmaga
borib,
buyurtmalar uchun
shartnoma tuzib
kelishingizni
istayman.Tushunarlimi?
Hozir boshqarmaga borib
kelishingizga to'g'ri
keladi. Chunki
chorakoxiridaqiynalib
qolamiz. Sizga
tushuntiroldimmi?
Siz normal xodimga
o'xshab ishlashingiz kerak.
Sizning fokuslaringiz
menga kerakmas!
Endi siz boshqalarga
o'xshab yaxshi
ishlashingiz kerak.Bu
faqat
sizning ishingiz
emas, balki bizning ham
ishimiz.
Hisobotni
tayyorlayotganda yaxshilab
o'ylab ko'rishingiz kerak
deb hisoblayman...
Hisobotingiz haqida biroz
o'ylashingizga to'g'ri
keladi. Chunki bu mening
qiziqishim emas, butun
jamoamizning ishidir.
O'ng tomondagi jadvalga asosan xodimlar bu ko'rsatmalar rahbarning
shaxsiy
talabi emas, balki umumiy talablar ekanligini bilib oladilar.
Xodim ishiga sidqidildan yondashsa, ishini sevsa, u jon-dili bilan ishlaydi.
Rahbarning rasman beradigan og'zaki ko'rsatmalari uni tashvishga solmaydi.
Ammo rahbar «men istayman», «menga shu kerak» kabi iboralarni kamroq
ishlatishi lozim. Shundagina xodim bilan nizoga kam boradi. Unga nisbatan
simpatiya tezroq rivojlanadi. Shkalaning o'ng tomonida turgan xodimlar sizni
qo'llab-quvvatlab ishlayveradi. Ammo chap tomondagi xodimlar bilan ehtiyot
bo'lib muloqotda bo'lish lozim. Shunday qoidaga rioya qiling: xodimlarga og'zaki
ko'rsatma berayotganingizda «men», «menga» degan so'zlarni ishlatmang. «Men
95
69
o'ylaymanki,» «meni to'g'ri tushunishingizni istayman» kabi so'zlarni ishlatish
mumkin. Bularda umumiy qarash mavjud.
«Faqat savol!» usuli bo'yicha, faraz qilaylik, sizni rahbar qabuliga chaqirib:
«Ertaga siz bir joyga borishingiz kerak» desa sizda qanday taassurot qoladi. Yoki
«siz bilan maslahat qilmoqchi edim, bizda noqulay vaziyat tug'ilib qoldi, bizga
sizning yordamingiz kerak bo'lib qoldi», deb aytsa qanday taassurot qoladi. Albatta
ikkinchi holatda siz rahbarning taklifiga rozi bo'lasiz. Chunki sizda rahbar avval
ijobiy his-tuyg'ularni vujudga keltirib olmoqda. Ko'rsatma bergandan ko'ra
maslahat so'raganligi xodimga ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Quyidagi uch
xil shakldagi ko'rsatmaga e'tibor bering:
1.
«Dilbar Jo'rayevna! Mana bu ishni ertagayoq bajarishingizni
talab qilaman!»
2. «Dilbar Jo'rayevna! Iltimos, ertaga mana bu ishni qilib bering...»
3.
«Dilbar Jo'rayevna! Mana shu ishni ertaga bajarib bera olasizmi?»
Yuqoridagi ikkala ko'rsatma berilsa, xodimda qarshi fikr tug'ilishi
mumkin. Lekin uchinchi ko'rsatmada xodimda bunday qarshi fikr tug'ilmaydi.
Chunki uchinchi ko'rsatmada o'zaro hurmat saqlanib qolgan. Rahbar xodimga
nisbatan hurmat tuyg'usini yo'qotmasa, u rahbarning topshirig'ini bajaradi.
Ko'rsatmani so'roq shaklida berilsa xodim rahbarning topshirig'ini qaytara olmaydi.
Har bir rahbar xodimlarning psixologik xususiyatlariga, qiziqishlariga qarab
og'zaki ko'rsatmalar berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: