Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
мулокот маданияти

Pedagogik muloqotni boshqarish. 
Tasavvur qiling, siz guruh rahbarisiz, 
darsdan so'ng guruhdagilar bilan metall chiqindilari yig'ish haqida gaplashing. 
Guruhdagilar bir-birini xafa qilib qo'yishdi, siz ular bilan dildan suhbatlashing. 
Imo-ishoralarni tanlash. 
Har bir vaziyatda ham imo-ishoralar kerakmi? Guruh 
a'zolarini bir juftdan qilib bir-biriga qarama-qarshi qilib o'tirgizib qo'ying. Bu usul 
«ko'zgu» deyiladi. Bittasi ko'zguga (ko'ziga) qaraydi. Ikkinchisi «ko'zgu» rolini 
o'ynaydi. «Ko'zgu» rolidagi kishi barcha harakatlarni takrorlab turadi. 
Treningning ikkinchi bosqichi — pedagogik muloqot jarayonida yaxlit o'qitish. 
Bu guruhdagi mashqlar ikki qismga bo'linadi: 
1.
Tipik vaziyatda harakat qilish: kuzatuvchanlik ko'nikmasini rivojlantirish, 
vaziyatga o'ylab baho berish, har qanday pedagogik faktni tahlil qilish, pedagogik 
faoliyat sharoitida tipik pedagogik vaziyatlar bo'yicha harakat qilish. O'qituvchi 
ishini kuzatishda hamkasbining tinglovchilar bilan qanday usul orqali ish olib 
borishi ya'ni uning qanday muloqot turlaridan foydalanishi kuzatiladi. Jumladan


95 
50 
kayfiyati, o'z hissiyotlarini boshqara olishi, darsda pedagogik hayajonlanishi 
kabilar. 
2.
Pedagogik kuzatuvchanlikni mashq qilish. Bolaning rasmiga qarab uning turli 
hissiy holatlarini aniqlang (qoniqishi, qiynalayotgani, muvaffaqiyatsizligi, 
ayyorligi kabilar). Kuzatishlaringizni guruh rahbari axboroti bilan taqqoslang. 
4.6. 
Oilada pedagogik muloqot 
Oiladagi tarbiyaviy jarayon o'ziga xos xususiyatga ega. Uning oxiri va avvali 
yo'q. Biz bolani tug'ilgandan boshlab tarbiyalaymiz. Bola ota-onasining xatti-
harakatlarini taqlid qilish orqali o'rganadi, ular aytgan so'zlarni takrorlaydi. Demak, 
ota-ona bola shaxsi shakllanishi uchun ideal tarbiyachi bo'lishi kerak. Oiladagi 
tarbiyaviy jarayon avvalo bola bilan ota-ona o'rtasidagi doimiy muloqotdir. 
Bolaning tarbiyasi yaxshi bo'lishi uchun uni sevish kerak. Biz bola bilan 
muloqotga necha minut vaqt ajratamiz? Shuni o'ylab ko'rish kerak. 1 soat vaqt 
ajratsak, bu yaxshi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ota-ona va bola o'rtasidagi 
muloqot bir sutkada 1,8 soatni tashkil qilar ekan. Ona 35 minut muloqotda bo'lar 
ekan: «qorning ochmi? nima yeysan?» kabilar tarzida. Bola savol bersa ayrim ota-
onalar javob bergisi kelmaydi. Ona ovqat tayyorlash bilan ovora, ota gazeta o'qish 
bilan. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu muammo bo'lishini biz.kattalar 
bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz kerak. Moddiy g'amxo'rlik bolaga, uning 
tarbiyasi uchun, muloqoti shakllanishi uchun yetarli emas. Bolaning qalbiga quloq 
sola bilish muhim. Ota-ona o'rtasidagi nizolar kelib chiqishining sabablaridan biri 
bolaga e'tibor bermasligidadir. Nima uchun biz hamkasblarimiz bilan, do'stlarimiz 
bilan qancha muloqotda boisak ham qoniqmaymiz, lekin farzandimiz bilan kam 
muloqotda bo'lamiz? 
Ota-onaning e'tibori oilada hissiyot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi. 
Shunday savol tug'iladi: Nima uchun o'smirlar jinoyatchilik ko'chasiga kirib 
qolayapti? Masalan, o'smirlar keksa kishini kaltaklashayapti. Demak, biz kattalar 
farzandimizga e'tiborliroq bo'la olmayapmiz. Ularning ko'ngliga quloq 
solmayapmiz. Ularda boshqalar g'amiga hamdard bo'lish tuyg'usini shakllantira 


95 
51 
olmayapmiz. Yoshlar bilan moda haqida gaplashsangiz ular siz bilan ko'ngildan 
muloqotda bo'ladilar. Shu tariqa ularning ko'ngliga qo'l solish mumkin. 
Bolalar bilan ota-ona o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkillashtirish uchun 
turli to'siqlar xalaqit beradi. Jumladan, band bo'lish «to'sig'i»— ota-onalar doimo 
band bo'lishadi, bolaga e'tibor berolmaydilar, chunki ularning uy yumushlari ko'p. 
Bu bolada hissiy rivojlanishning to'xtashiga olib keladi. Ikkinchi to'siq — yoshga 
bog'liq bo'lib, bunda kattalarning yoshi ulug' bo'lgani uchun bolani tushunmaydilar. 
Bolaning ichki dunyosini hisobga ololmaydilar. Kattalar uchun arzimaydigan 
narsalar bola uchun muhim bo'lishi mumkin. Eski qolip «to'sig'i»— ota-onalar o'z 
bolasining yoshi ulg'ayib borayotganini sezishmaydi. Farzand ulg'ayib borgan sari 
ota-onasining u bilan hisoblashishlarini istaydi. Shuning uchun ular o'rtasida 
tushunmovchiliklar, nizolar tug'iladi. Biz kattalar farzandlarimiz bizni doimo 
tinglashlarini xohlaymiz, bizga bo'ysunishlarini istaymiz. Ularning mustaqil 
fikrlarini eshitishga erinamiz. Demak, kattalar bolaga nisbatan eski qarashlarini 
yo'qotishlari lozim. Shunda o'rtadagi to'siq yo'qoladi. 
Tarbiyaviy an'analardagi «to'siq» — ota-onalar oiladagi ilgarigi tarbiyaviy ta'sir 
usullarini qo'llaydilar, bolaning ruhiy rivojlanishi darajasini hisobga olmaydilar. 
Ular o'z malakalarini oshirish ustida ishlamaydilar. Natijada bola bilan o'rtalarida 
to'siq paydo bo'ladi, ular bir-birlarini tushuna olmaydilar. 
Didaktizm — bunda ota-onalar bolaga doimo aql o'rgatadilar. «Unday qilma,» 
«bu to'g'ri, bu noto'g'ri» va h.k. Bolaning har bir qadami o'lchanadi, baholanadi. Bu 
esa bolada zo'riqishni yuzaga keltiradi, asabiy bo'lib qoladi. Demak, yuqoridagi 
«to'siqlar»ni yo'qotish uchun ota-ona farzandi bilan to'g'ri muloqotda bo'lish 
yo'llarini izlab topishi kerak. Shundagina bola bilan til topisha olishlari mumkin 
bo'ladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə