Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


muammo + nizoli vaziyat + insident = nizo



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
мулокот маданияти

muammo + nizoli vaziyat + insident = nizo. 
Nizo qarama-qarshilikning haddan tashqari kuchayib ketganligi bilan bahsdan 
farq qiladi. Nizo o'z tarkibiy tuzilishi, amal qilish sohasi, dinamikasi va turlariga 
ega. Nizoning tarkibiy tuzilishi muloqot ishtirokchilarining tashqi va ichki 
pozitsiyasi hamda nizo obyektidan iborat. Tashqi pozitsiya — kishining xulq-
atvori. Ichki pozitsiya — kishining maqsadi va motivlari. Nizo obyekti — nizoning 
sababi. Nizo ishchan yoki shaxsiy sohada amal qilishi mumkin. Masalan, ishchan 
sohada — «nega kech qoldingiz?», «qandaydir muammolar paydo bo'ldimi?», 
«keyingi safar kech qolmasligingizga umid qilsam bo'ladimi?», «kech qolishingiz 
sababini bilsam bo'ladimi?». Shaxsiy sohada — «nega buncha uyquchisiz?», 
«shunchalar ham mas'uliyatsiz bo'lasizmi?», «keyingi safar ham shunaqa kech 
kelavering, xo'pmi?». 
Nizo dinamikasi uch bosqichdan iborat: yetilish, ro'yobga chiqish, so'nish. 1-
bosqichda nizo ro'yobga chiqishining oldini olish mumkin. Samarali usullardan biri 
kommunikativ o'zaro ta'sir sohasidan predmetli faoliyat sohasiga o'tish. Ro'yobga 
chiqish bosqichiga o'tgan nizoning oldini olib bo'lmaydi. So'nish bosqichining 
kelishini kutish kerak bo'ladi. Bu bosqichda korreksion tadbirlarni o'tkazish 


95 
74 
samaralidir. Nizolar bir qancha belgilariga ko'ra tasniflanadi: 1. Natijasiga ko'ra: 
konstruktiv — munosabatlarning yaxshilanishi, muammoning ikkala tomon uchun 
ijobiy hal etilishiga olib keladi. 
Destruktiv — munosabatlarning yomonlashuviga, muanimoning hal etilmasligiga 
olib keladi. 
2.
Davom etish vaqtiga ko'ra: uzoq muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi 
cho'zilib ketgan nizo, qisqa muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi uzoq davom 
etmaydigan nizo. 
3.
Keskinlik darajasiga ko'ra: norozilik, kelisha olmaslik, qarama-qarshilik, 
dushmanlik. 
4.Faoliyat sohasiga ko'ra: boshqarish sohasidagi, ishlab chiqarish sohasidagi. 
Psixologlar muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga 
amal qilish lozimligini uqtirib o'tadilar: 

tanqid va ayblovni ko'p ishlatmaslik, ko'p noliyvermaslik; 

fikrni qisqaroq gaplarda ifodalash; 
• e'tiborli tinglovchi bo'lish — suhbatdosh fikrini bo'lmaslik, suhbatdoshga o'z 
fikrini bildirishi uchun vaqt berish, unga bo'lgan qiziqishni ko'rsatish, suhbatdosh 
nutqining xususiyatlariga kamroq e'tibor berish, suhbatni monopollashtirib 
yubormaslik, suhbat vaziyatidan chalg'imaslik; 

ovozning imkon qadar samimiy jaranglashini ta'minlash; 

suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish; 

qat'iy fikr bildirishdan saqlanish

fikrni bildirishdan avval u nima haqida ekanini ma'lum qilish; 

suhbatdosh «tilida» gapirish (professionalizmga yo'l qo'ymaslik); 

befoyda 
bahslarga kirishishdan saqlanish; 

buyruq ohangidan voz kechish; 
• «hech qachon» va «har doim» so'zlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish; 
• ijobiy emotsiyalarni saqlab turish, ko'proq tabassum qilish. Nizo ro'y bergach, 
uni bartaraf etish uchun quyidagilarga amal 


95 
75 
qilish tavsiya etiladi: 
1.
Vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar boshqarish). 
2.
Nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi savollar 
berish). 
3.
Shaxsiy sohadagi to'qnashuvga yo'l qo'ymaslik (suhbatdoshning shaxsiy 
xususiyatlaridan ranjishni, ularni yoqtirmaslikni ko'rsatmaslik, shaxsiy ustunlikni 
ko'rsatishdan saqlanish). 
4.
Har bir so'z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish (jumladan, «siz 
adashdingiz», «siz xato qilyapsiz», «es-xushingiz joyidami?» kabi negativ 
iboralarni ishlatishdan saqlanish). 
5.
Kompromiss (kelishuvchanlik) uchun ochiq bo'lish (o'zaro manfaatli 
kelishuvga tayyor turish). 
6. Suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va tahlil qilish (uning 
hissiyotlarini tushunishga harakat qilish, shaxsiy pozitsiyaning suhbatdosh 
pozitsiyasidan nimasi bilan farqlanishini aniqlash). 
Nizo bartaraf etilmay munosabatlar butunlay tugallansa, buni faqat pozitsiya 
(nuqtayi nazar)larning bir-biriga to'g'ri kelmasligi tufayli ro'y bergan hodisa, deb 
hisoblash lozim. Demak, biz o'zaro muloqotda nizolarning paydo bo'lmasligiga 
harakat qilmog'imiz, suhbatdoshimizni to'g'ri tushunmog'imiz kerak. Shundagina 
atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqotimiz muvaffaqiyatli amalga oshadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə