Atom-molekular komplekslar tarkibidagi molekula va ionlami
birgalikdagi xossalari juda ham o‘ziga xos, (spetsifik, ya’ni maxsus)
ammo hozircha yaxshi o'rganilmagan. Mana shunga o‘xshagan
nadmolekular nanobiokomplekslami hosil bo‘lishi, faoliyat ko‘rsatishi
va parchalanishi, balandroq - nadmolekular
yoki subhujayra darajasida
o‘tadi. Bunda biologik membranalar alohida o‘rin tutadi (5-rasm).
Biologik membranalar barcha tirik organizmlar hujayrasida plazma-
lemmalar va ko‘plab boshqa organoidlar shakllanishida ishtirok etadilar.
5-rasm.
Biologik membranalarining chizmasi:
1-murakkab oqsillar-glikoproteinlami uglevod (karbonsuv) zanjiri;
2-lipidlami biomolekular qavati; 3-transmembranalik oqsil; 4-lipid
molekulalarini gidrofil qismi; 5-yarim integrallangan oqsil; 6,7-lipid
molekulalarini gidrofob qismi.
Bu xususiyatlami o‘rganish
va nazorat qilish, bir qancha funksional
molekulalar qurilmalar ochishga imkon beradi. Ular butun dunyoda
jadallik bilan rivoj topayotgan nanobiotexnologiyani predmeti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: